Paralimpiya kundaligi: Bobur Omonov ikki karra chempion bo‘ldi

© MinSporta UzbekistanaBobur Omonov i Nurxon Kurbonova
Bobur Omonov i Nurxon Kurbonova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston paralimpiyachilari ayni damda 14 ta medalga ega bo‘lishdi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Bobur Omonov ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi.

Para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, ham rekord o‘rnatdi, ham oltin medalni qo‘lga kiritdi.
© MinSporta UzbekistanaBobur Omonov
Bobur Omonov i Nurxon Kurbonova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2024
Bobur Omonov
Ma’lumot uchun, Bobur Omonov bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

2 sentabr kuni O‘zbekiston paralimpiya jamoasi yana bir medal sohibiga aylandi — para yengil atletikaning F54 klassida yadro uloqtirish bo‘yicha 7,75 metr natija qayd etib, Nurxon Qurbonova bronza medalga ega chiqdi.
© MinSporta UzbekistanaNurxon Kurbonova
Bobur Omonov i Nurxon Kurbonova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2024
Nurxon Kurbonova
Shunday qilib, O‘zbekiston paralimpiyachilari ayni damda 14 ta medalga ega bo‘lishdi: 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza.

Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev va muxlislar ikki karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni Bobur Omonovni tarixiy yutuq bilan tabriklashdi.
Yangiliklar lentasi
0