Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Sumi viloyatida uchta HIMARSni yo‘q qildi — video

Obuna bo‘lish
Ukrainaning uchta HIMARS va 30 nafarga yaqin askarlari yuqori aniqlikdagi raketa zarbasi bilan yo‘q qilindi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiya harbiy xizmatchilari Sumi viloyatida yuqori aniqlikdagi raketalar yordamida yashirilgan uchta HIMARS o‘q otish moslamalarini yo‘q qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.

“Rossiya Qurolli kuchlarining razvedka harakatlari natijasida Sumi shahridan 20 kilometr janubi-sharqda, Osoyevka aholi punktlari hududida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv tizimlarining yashirish o‘q otish pozitsiyalari aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Nishon tasdiqlaganidan so‘ng qo‘mondonlik ushbu pozitsiyalariga yuqori aniqlikdagi raketa zarbasi berishga qaror qildi.
Obyektiv nazorat vositalari zarba nishonga tekkanini va quyidagilar yo‘q qilinganini tasdiqladi:
uchta HIMARS reaktiv tizimi;
uchta kuzatuvchi transporti;
transport-zaradlash mashinasi;
30 nafardan ortiq harbiy xizmatchi.
Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari 6-avgust kuni Sumi viloyati hududi orqali Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirdi. Rossiya Qurolli kuchlari Sumi viloyatida joylashgan Ukraina qurolli kuchlari pozitsiyalariga tizimli ravishda zarba bermoqda.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina Qurolli kuchlarining jami 641 ta samolyoti, 283 ta vertoloti, 30 950 ta uchuvchisiz apparati, 575 ta zenit-raketa tizimi, 17 805 ta tanki va boshqa zirhli jangovar mashinalari, 1 434 ko‘p martalik jangovar texnikasi, 13 952 dala artilleriya qurollari va minomotlari, 25 520 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0