1 sentabrdan nimalar o‘zgardi?

© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovLyudi gulyayut v parke v Tashkente
Lyudi gulyayut v parke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi — qonunchilik yangiliklari.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston qonunchiligida birinchi sentabrdan kiritilayotgan yangiliklar haqida. “Huquqiy axborot” telegram kanali xabari asosida.
Pensiya va nafaqalar 15% oshiriladi.
Ayrim maktab o‘quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Sug‘urta polislarini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
Pivo mahsulotlarining chakana savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turiga kiritiladi.
Ayrim chet tillari bo‘yicha imtihon xarajatlari qoplab berilishi lozim bo‘lgan ball bir pog‘ona pasaytiriladi.
Yo‘l obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan so‘ng quriladi va ta’mirlanadi.
Davlat xaridlarida nogironlar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga ustunlik beriladi.
Ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi.
Ov turizmini tashkil qilganlar mol-mulk va yer solig‘ini kamaytirilgan holda to‘laydi.
Joylardagi iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalarida sanoatni rivojlantirish yig‘ma bo‘limlari tashkil etiladi.
Sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0