O‘zbekiston MSK vakillari Ozarbayjondagi deputatlar saylovini kuzatib bormoqda

© SIK UzbekistanaO‘zbekiston va Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Ozarbayjon Milliy Mejlisiga navbatdan tashqari saylov jarayonini kuzatishni boshladi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Bugun Bokuda O‘zbekiston va Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan Markaziy saylov komissiyasi raisi Z. Nizamxodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Milliy Mejlisga navbatdan tashqari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini kuzatishni boshladi”, — deyiladi xabarda.
MSK raisining so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat saylov organlari o‘rtasida samarali hamkorlik rivojlandi va amalga oshirilmoqda.
“Saylov jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida tajriba, ma’lumot va ilg‘or amaliyotlar doimiy almashilmoqda. Hamkorlikning samarali shakllaridan biri bu milliy saylov kampaniyalari monitoringida ishtirok etish uchun kuzatuvchilarni o‘zaro taklif etishdir”, — dedi Nizamxodjayev.
Uchrashuvda qayd etilishicha, minglab saylov uchastkalarida o‘rnatilgan veb-kameralar orqali istalgan kishi saylov jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Translyatsiya MSK veb-sahifasida qo‘yib boriladi, uni nafaqat Ozarbayjon hududida, balki chet elda turgan holda ro‘yxatdan o‘tmasdan ko‘rish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Saylov jarayonlarida 69 ta xorijiy davlatning 50 ta tashkilotidan jami 604 nafar xalqaro kuzatuvchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida TurkPAdan 16 nafar, MDH Parlamentlararo Assambleyasidan 34 nafar hamda MDHdan 93 nafar kuzatuvchi bor. Saylov monitoringini, shuningdek 111 200 nafar mahalliy kuzatuvchi va OAV vakillari amalga oshirishadi.
© Mejparlamentskaya Assambleya SNGOzarbayjonda Milliy Majlis deputatlari saylovi uchun ovoz berish boshlandi.
V Azerbaydjane otkrilos golosovanie na viborax deputatov Milli Medjlisa.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2024
Ozarbayjonda Milliy Majlis deputatlari saylovi uchun ovoz berish boshlandi.
MDH PA kuzatuvchilari Naxchivan shahridagi 12-saylov uchastkasining ochilishida ishtirok etishdi. MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy Ozarbayjon parlamentiga saylovlarda yoshlarning saylov jarayonlariga katta qiziqishi va faol ishtirokiga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda, 40 kishidan iborat missiya ko‘plab saylov uchastkalarida bo‘ladi. Uning qayd etishicha, missiya Ozarbayjondagi saylov jarayonining tashkil etilishidan mamnun. Hammasi eng yaxshi demokratik standartlarga mos keladi.
Ma’lumot uchun, saylovda ro‘yxatga olingan 6,42 million saylovchi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etishi mumkin. Ozarbayjonda jami 6,5 mingga yaqin saylov uchastkasi ochilgan. Jami 20 ta partiya saylovda ishtirok etishini ma’lum qilgan. Yakuniy natijalar 20 kun ichida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0