https://oz.sputniknews.uz/20240901/sharq-tarona-samarqand-musiqa-festival-45449797.html
XIII “Sharq taronalari” nimasi bilan yodda qoldi?
XIII “Sharq taronalari” nimasi bilan yodda qoldi?
Sputnik O‘zbekiston
Besh yillik kutish g‘alaba bilan yakunlandi: Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali dunyoning 80 ga yaqin davlatidan kelgan sozanda... 01.09.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-09-01T12:30+0500
2024-09-01T12:30+0500
2024-09-02T08:12+0500
madaniyat
samarqand
sharq taronalari: dunyoni hayratga solgan ohanglar
maqom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1b/45388972_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_220e6ee8c90b618fcaf783b469361eda.jpg
Samarqand va uning atrofi to‘rt kun davomida xalqlarni birlashtirgan musiqa qudrati ostida edi. Tunlari Registonda tanlovli tinglovlar o‘tkazilib, unda san’atkorlar nafaqat hakamlar hay’ati a’zolari va tinglovchilarini zabt etishga, balki bu yerda yangragan ohanglar bilan o‘z vaqtida yoritilayotgan jonli manzara – qadimiy binolardan bahramand bo‘lishga harakat qilishdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri festivalga tashrif buyurdi.Registonda xorijlik san’atkorlarni o‘ziga maftun etib, ular o‘z navbatida tinglovchilarni maftun etishga urinayotgan bir paytda “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy integratsiya tamoyillari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.Bu yerda 32 davlatdan 40 ga yaqin musiqashunos, folklorshunos, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Mutaxassislar turli mavzularda ma’ruza qilishdi, zamonaviy musiqa san’atining dolzarb masalalarini ko‘tarishdi.Masalan, “Sharq taronalari” V xalqaro musiqa festivalida 1-o‘rin sohibi, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston Milliy musiqa san’ati institutida dars beruvchi Nodira Pirmatova, zamonaviy maqom ijrochilari orasida ovoz postanovkasi masalasini ko‘tardi.Ilmiy anjuman doirasida mavzuli munozaralar bilan bir qatorda boshqa ko‘plab tadbirlar ham bo‘lib o‘tdi.Shunday qilib, qisqa tanaffuslarda O‘zbekiston maqomchilari tomonidan betakror asarlar ijro etildi. Bu yerda “Maqom kapsulasi” taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilarga o‘zbek mumtoz musiqasi to‘plami jamlangan fleshkalar sovg‘a qilindi.“Sharq taronalari” chog‘ida ko‘plab taniqli shaxslar Samarqandda to‘planib, ushbu festivalning tashkil etilishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ulardan biri xizmat ko‘rsatgan artist, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti professori Dilorom Omonullayevadir.San’at ixlosmandlarini nafaqat Registon maydonidagi muhit, balki san’atkorlarning barcha kompozitsiyalarni faqat jonli ijroda ijro etishi maftun etdi. Nafaqat Registonga tashrif buyurgan tomoshabinlar, balki viloyatning yaqin tumanlarida yashovchi fuqarolar, festival davomida “Yoshlik” istirohat bog‘i, viloyat rus drama teatri, musiqali drama teatriga tashrif buyurgan fuqarolar ham kuy-qo‘shiqlarga sho‘ng‘ishdi.U yerda xorijlik san’atkorlar konsert va mahorat darslari bilan chiqish qildi. Natijalarni sarhisob qilgach, g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi: o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rinni Rossiya, Mo‘g‘uliston va Yaponiya san’atkorlari egalladi. Ikkinchi o‘rin Qozog‘iston va O‘zbekiston musiqachilari o‘rtasida taqsimlandi.Birinchisini haqli ravishda Turkmaniston ansambli qo‘lga kiritdi, mutlaq g‘oliblar – festival Gran-prisi sohiblari esa Ozarbayjonning “Semurg‘” ansambli vakillari bo‘ldi.“Sharq taronalari” festivali yakunlandi. Vaholanki, oradan ikki yil o‘tadi va u yana samarqandliklar va butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlar qalbini zabt etadi, ilhomlantiradi, birlashtiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1b/45388972_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_c4080d27889776de83c1274773c7194c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, samarqand, sharq taronalari: dunyoni hayratga solgan ohanglar, maqom
madaniyat, samarqand, sharq taronalari: dunyoni hayratga solgan ohanglar, maqom
XIII “Sharq taronalari” nimasi bilan yodda qoldi?
12:30 01.09.2024 (yangilandi: 08:12 02.09.2024) Eksklyuziv
Besh yillik kutish g‘alaba bilan yakunlandi: Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali dunyoning 80 ga yaqin davlatidan kelgan sozanda va mehmonlarni bir maskanda jamlashga erishdi.
Samarqand va uning atrofi to‘rt kun davomida xalqlarni birlashtirgan musiqa qudrati ostida edi. Tunlari Registonda tanlovli tinglovlar o‘tkazilib, unda san’atkorlar nafaqat hakamlar hay’ati a’zolari va tinglovchilarini zabt etishga, balki bu yerda yangragan ohanglar bilan o‘z vaqtida yoritilayotgan jonli manzara – qadimiy binolardan bahramand bo‘lishga harakat qilishdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri festivalga tashrif buyurdi.
“Atrofi nihoyatda go‘zal uchta bino bilan o‘ralgan Registon maydonida hamma ham chiqish qila olmaydi. Shuning uchun festival davomida hukm surgan muhit ilhomlantiruvchi va ijobiy his-tuyg‘ularga to‘la bo‘ldi. Markaziy Osiyoda haqli ravishda eng yaxshi deb topilgan musobaqada jamoamiz ilk bor ishtirok etdi. Uning natijalariga ko‘ra faxriy ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lganimizdan xursandman", – deydi qozog‘istonlik “Atameken” etno-folklor ansambli solisti Aimgul Ahmedova.
Registonda xorijlik san’atkorlarni o‘ziga maftun etib, ular o‘z navbatida tinglovchilarni maftun etishga urinayotgan bir paytda “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy integratsiya tamoyillari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Bu yerda 32 davlatdan 40 ga yaqin musiqashunos, folklorshunos, xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. Mutaxassislar turli mavzularda ma’ruza qilishdi, zamonaviy musiqa san’atining dolzarb masalalarini ko‘tarishdi.
Masalan, “Sharq taronalari” V xalqaro musiqa festivalida 1-o‘rin sohibi, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston Milliy musiqa san’ati institutida dars beruvchi Nodira Pirmatova, zamonaviy maqom ijrochilari orasida ovoz postanovkasi masalasini ko‘tardi.
Ilmiy anjuman doirasida mavzuli munozaralar bilan bir qatorda boshqa ko‘plab tadbirlar ham bo‘lib o‘tdi.
Shunday qilib, qisqa tanaffuslarda O‘zbekiston maqomchilari tomonidan betakror asarlar ijro etildi. Bu yerda “Maqom kapsulasi” taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilarga o‘zbek mumtoz musiqasi to‘plami jamlangan fleshkalar sovg‘a qilindi.
“Konferensiya yakunlari bo‘yicha Xitoy, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Gambiya, Ummon va Iordaniya oliy o‘quv yurtlari va xalqaro tadqiqot markazlari rahbarlari o‘rtasida 12 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi. TURKSOY qoshidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi” qarorini ham qabul qildik. Darvoqe, yig‘ilganlar qarori bilan universitetimiz mazkur Ittifoqqa a’zolikka qabul qilindi, bu esa mamlakatimiz musiqa san’ati imkoniyatlarini kengaytiradi”, – deydi professor, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston Milliy musiqa san’ati instituti rektori vazifasini bajaruvchi Eldor Shermanov.
“Sharq taronalari” chog‘ida ko‘plab taniqli shaxslar Samarqandda to‘planib, ushbu festivalning tashkil etilishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ulardan biri xizmat ko‘rsatgan artist, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti professori Dilorom Omonullayevadir.
“Sharq taronalari madhiyasi muallifi bo‘lganim uchun u hayotimda alohida, muhim o‘rin tutadi. 1997-yilda dunyoning besh tilida: o‘zbek, ingliz, fransuz, forsiy va arab tillarida ijro etildi. Afsuski, bugungi kunda u yangramayapti. “Dunyo ohanglari”ga aylangan bu galgi festivalda uch shogirdim qatnashdi. Ularning barchasi maxsus nominatsiyalar va ikkinchi mukofot bilan taqdirlanganidan xursandman", – dedi Dilorom Omonullayeva.
San’at ixlosmandlarini nafaqat Registon maydonidagi muhit, balki san’atkorlarning barcha kompozitsiyalarni faqat jonli ijroda ijro etishi maftun etdi. Nafaqat Registonga tashrif buyurgan tomoshabinlar, balki viloyatning yaqin tumanlarida yashovchi fuqarolar, festival davomida “Yoshlik” istirohat bog‘i, viloyat rus drama teatri, musiqali drama teatriga tashrif buyurgan fuqarolar ham kuy-qo‘shiqlarga sho‘ng‘ishdi.
U yerda xorijlik san’atkorlar konsert va mahorat darslari bilan chiqish qildi. Natijalarni sarhisob qilgach, g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi: o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rinni Rossiya, Mo‘g‘uliston va Yaponiya san’atkorlari egalladi. Ikkinchi o‘rin Qozog‘iston va O‘zbekiston musiqachilari o‘rtasida taqsimlandi.
Birinchisini haqli ravishda Turkmaniston ansambli qo‘lga kiritdi, mutlaq g‘oliblar – festival Gran-prisi sohiblari esa Ozarbayjonning “Semurg‘” ansambli vakillari bo‘ldi.
“Daroga ikki marta qadam bosa olmaysiz”, deyishadi, lekin men buni qildim. 2017-yilda Registonda Sohib Poshshozoda bilan birga chiqish qildim, u bilan milliy cholg‘u asboblarini chaldik. Keyin chiqishimiz yuqori baholanib, festivalning Gran-prisi bilan taqdirlandik. Bu yil men ansambl bilan chiqish qildim va bu yana muvaffaqiyatli bo‘ldi. Registon musiqa olamida imkonsiz narsa yo‘qligini isbotlovchi tasavvufiy maskan”, – deydi “Semurg‘” ansambli a’zosi Kamran Kerimov.
“Sharq taronalari” festivali yakunlandi. Vaholanki, oradan ikki yil o‘tadi va u yana samarqandliklar va butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlar qalbini zabt etadi, ilhomlantiradi, birlashtiradi.