Mirziyoyev qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi
11:40 31.08.2024 (yangilandi: 12:16 31.08.2024)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Marosimda ajdodlar haqiga Qur’on tilovat qilindi, elga osh tortildi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Shahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yig‘ildi. Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Marosimda ajdodlar haqiga Qur’on tilovat qilindi, elga osh tortildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
Na allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Mustaqillik bayrami arafasida, bugungi tinchlik, erkinlik sharoitida qahramon bobolarimizning pok nomlarini eslash, tabarruk xotiralariga ehtirom ko‘rsatish biz uchun ham qarz, ham farz. Shu bois dunyodan o‘tgan vatandoshlarimizning ham qadrini tiklayapmiz. “Inson – aziz, xotira – muqaddas” degan ezgu shior hayotimizdan mustahkam joy olayapti. Tabarruk yodgorlik majmualari bunyod etayapmiz. Ma’rifatparvar bobolarimiz haqida badiiy va ilmiy asarlar, kinofilmlar yaratilmoqda. “Xotira” kitoblari tayyorlanmoqda. Xalqaro konferensiyalar o‘tkazilmoqda. Mana, so‘nggi uch yil ichida 1 ming 200 dan ziyod siyosiy qatag‘on qurbonlarining nomini oqladik. Bu nimani anglatadi? Bu – adolat sinmasligini, haqiqat baribir tantana qilishini anglatadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘tgan yilgi marosimda davlat rahbari joylardagi qatag‘on qurbonlarini aniqlash, bu borada tadqiqotlarni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Shu asosida joriy yil 19-iyul kuni “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, bu ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzilib, Mudofaa vazirligi boshchiligida bir qator mutasaddi tashkilotlar biriktirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
Na allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari ushbu qarorning mohiyati va maqsadi haqida gapirdi.
“Shu paytgacha qatag‘on qurbonlarining to‘liq ro‘yxati shakllantirilmagan edi. Holbuki, bu ro‘yxatdagi har bir raqam ortida inson taqdiri bor. Shahid ketgan, qatag‘on qilingan har bir yurtdoshimizning hayoti – qahramonlik. Shu bois biz qarorda qatag‘on qurbonlarini nomma-nom aniqlash, ularning ibratli hayotini o‘rganish va tadqiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratdik. Tarixiy haqiqatni tiklash maqsadida ularning tabarruk nomlarini ko‘p jildlik “Qatag‘on qurbonlari” kitobiga hamda mana shu majmuada barpo etiladigan ramziy kitob sahifalariga yozib qo‘yamiz. Afsuski, chet davlatlarda, hatto o‘zimizdagi arxivlarda bu masalaga oid barcha ma’lumotlarni ham to‘liq o‘rganganimiz yo‘q. Shu sababli, bu borada ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish belgilandi. Endi har yili oktabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida nishonlaymiz”, - dedi prezident.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
Na allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qarorga ko‘ra, mazkur haftalik davomida aholi o‘rtasida uchrashuvlar, turli ko‘rgazma va tanlovlar, shu mavzudagi kino namoyishlari o‘tkaziladi. Viloyat, tuman va shaharlar hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa mas’ul shaxslar qatag‘on qurbonlari yashab o‘tgan xonadonlarga kirib, ularning avlodlaridan xabar oladi.
Fidoyi ajdodlar tug‘ilib o‘sgan, yashagan xonadonlarga esdalik lavhalari o‘rnatiladi. Ular yashagan mahallalar va maktablarda Xotira burchaklari tashkil etiladi.
Muloqotda bosh vazirga ushbu ishlarni tashkil etish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
Na allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident jadidlar hayotiga oid noyob hujjat va eksponatlar bilan jamoatchilikni kengroq tanishtirish kerakligini ta’kidladi.
“To‘g‘ri, keyingi vaqtlarda bu boradagi ishlarimiz yangi bosqichga ko‘tarildi. Ko‘p noma’lum nomlar aniqlandi. Kitoblar, kinolar chiqarildi. Lekin buyam kam. Bu borada ham mahallabay izlanish olib borish, bunga barcha ziyolilar, nuroniylar, huquq himoyachilari hissa qo‘shishi maqsadga muvofiq. Bu qadriyatga, umummilliy harakatga aylanishi kerak”, – dedi davlat rahbari.
Tadqiqotchilarni moddiy rag‘batlantirish, arxiv ma’lumotlarini ochiqlash, tarixni yoshlarga to‘g‘ri yetkazish muhimligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNa allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
Na allee "Shaxidlar xotirasi" sostoyalas seremoniya pominoveniya jertv repressiy
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Biz nima uchun Imom Buxoriy muzeyini tashkil qilayapmiz? Nima uchun tarixiy kinolar ishlatayapmiz? Chunki eng katta maktab, eng katta tarbiya – tarixning o‘zi. Yoshlarimiz tariximizni yaxshi bilishi, boshqalardan emas, o‘zimizning bobolarimizdan namuna olishi kerak. Buning asosini mukammal qilib, yoshlarga munosib tilda, qiziqarli tarzda, ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkazish, jamiyatga singdirish zarur. Yosh avlodni shu ruhda tarbiyalasak, o‘z tanlagan yo‘limizdan qat’iy bora olamiz”, – dedi davlat rahbari.
Dunyoda xavf-xatarlar kuchayib, milliy o‘zlik, ezgulik, qadriyat kabi tushunchalar zavolga yuz tutayotgani yodga olindi.
“Mustaqillik – Alloh taoloning el-yurtimizga eng katta marhamati, ne’mati. Har bir kun, har bir yilning qadriga yetib, shukronalik hissi bilan yashash kerak. Ajdodlarimizni e’zozlash, xalqni rozi qilish bo‘yicha savob ishlarni ko‘p qilsak, Xudo doimo yo‘limizni ochib beradi”, – dedi prezident.