Mirziyoyev oltin medal qo‘lga kiritgan paralimpiyachilar bilan telefon orqali suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2024
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari ularni qizg‘in tabriklab, mehrli so‘zlarini izhor qildi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilar Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30-yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev yadro uloqtirish bahsida g‘olib bo‘ldi.
Davlat rahbari ularni qizg‘in tabriklab, mehrli so‘zlarini izhor qildi. Murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yo‘llab, muvaffaqiyatlar tiladi.
Paralimpiyachilar tabrik va doimiy e’tibori uchun prezidentga rahmat aytib, yangi g‘alabalarga erishishga va’da berdilar.
Asila Mirzayorova iz Uzbekistana ustanovila noviy rekord chempionata na puti k zolotu v prijkax v dlinu T11 sredi jenshin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2024
Asila Mirzayorova Paralimpiya rekordini o‘rnatdi va oltin medal sohibi bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0