Yil boshidan buyon 3 mlrd kVt⋅s "yashil energiya" ishlab chiqarildi

© MinenergoNa Mubarekskoy teplovoy elektrotsentrali ustanovili bolee 1780 solnechnix paneley
Na Mubarekskoy teplovoy elektrotsentrali ustanovili bolee 1780 solnechnix paneley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2024
Obuna bo‘lish
Muqobil energiyadan foydalanish natijasida 983,3 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi️, atmosferaga 1,3 mln tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yil boshidan buyon quyosh va shamol elektr stansiyalari yordamida 3 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar qilmoqda.
"Bugun soat 16:45 holati bo‘yicha O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 3 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi", - deyiladi xabarda.
Bugun O‘zbekistonning 7 ta viloyatida umumiy quvvati 2,4 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda bitta shamol elektr stansiyasi "yashil" energiya ishlab chiqarmoqda.

Aytish joizki, shu paytgacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 677,8 mln kVt⋅soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 322,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning natijasida️ 983,3 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi️, atmosferaga 1 mln 291,1 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.
Yangiliklar lentasi
0