https://oz.sputniknews.uz/20240830/ukrainada-birinchi-f-16-halokatidan-keyin-janjal-boshlandi-45428976.html
Ukrainada birinchi F-16 halokatidan keyin janjal boshlandi
Ukrainada birinchi F-16 halokatidan keyin janjal boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi F-16 samolyotining yo‘q qilinishi Ukrainada turli nizolarga AQShda esa jiddiy xavotirlarga sabab bo‘ldi. 30.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-30T14:55+0500
2024-08-30T14:55+0500
2024-08-30T14:55+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
aqsh
qiruvchi
samolyot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39690731_0:93:3301:1951_1920x0_80_0_0_bb8d22cbb58a05adea5b69b84ece9174.jpg
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Payshanba kuni Ukrainaga topshirilgan oltita F-16 samolyotlaridan birinchisi halokatga uchragani haqida AQShning "Wall Street Joutnal" nashri xabar bergan edi. Nashr xabariga ko‘ra, samolyot uchuvchi xatosi tufayli halokatga uchragan, uni AQShda o‘qib kelgan birinchi ukrainalik uchuvchisi Aleksey Mesya boshqarayotgan bo‘lgan. U ham halok bo‘lgan. Lekin keyinroq Ukraina Radasi deputati Marana Bezuglaya o‘zining telegram-kanalida F-16 samolyoti Ukraina havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi. Deputatning ushbu so‘zlari Ukraina harbiylarining g‘azabini keltirdi va ular Marana Bezuglayaga nisbatan ish ochishga chaqirdi. "Ehtimol, kimdir Bezuglayaga qarshi Tergov Burosiga ariza yozadi, davlat va armiyani masxara qilish qachongacha davom etadi - ehtimol, Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) uchun ham bu yerda ish bordir!" - deb yozadi Harbiy-havo kuchlarining sobiq spikeri Yuriy Ignat.AQShda ham ekspertlar sovet uchuvchilarini F-16 samolyotlariga o‘qitish muvaffaqiyatsiz tugaganini ta’kidlashdi va Zelenskiyning 100 ta samolyot haqidagi talablarini shubha ostiga olishdi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb instruktorlarining Ukraina Qurolli kuchlarining sovet samolyotlarida uchishga odatlangan harbiy xizmatchilarni F-16 samolyotlariga o‘tkazishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Amerikaliklarning o‘zlari bu kasbda kamida ikki yil o‘qitilgan, deb esladi ofitser.
https://oz.sputniknews.uz/20240517/sobiq-razvedkachi-f-16-qiruvchilari-ukraina-uchun-lanatga-aylanadi-43916386.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/06/39690731_382:0:3026:1983_1920x0_80_0_0_9360f6a4f7fa9439eedc6e6a9bfc22e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, aqsh, qiruvchi, samolyot
rossiya, ukraina, aqsh, qiruvchi, samolyot
Ukrainada birinchi F-16 halokatidan keyin janjal boshlandi
Birinchi F-16 samolyotining yo‘q qilinishi Ukrainada turli nizolarga AQShda esa jiddiy xavotirlarga sabab bo‘ldi.
TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Payshanba kuni Ukrainaga topshirilgan oltita F-16 samolyotlaridan birinchisi halokatga uchragani haqida AQShning "Wall Street Joutnal" nashri xabar bergan edi.
Nashr xabariga ko‘ra, samolyot uchuvchi xatosi tufayli halokatga uchragan, uni AQShda o‘qib kelgan birinchi ukrainalik uchuvchisi Aleksey Mesya boshqarayotgan bo‘lgan. U ham halok bo‘lgan.
Lekin keyinroq Ukraina Radasi deputati Marana Bezuglaya o‘zining telegram-kanalida F-16 samolyoti Ukraina havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi.
“Mening ma’lumotlarimga ko‘ra, ukrainalik uchuvchi Aleksey Mesaning F-16 samolyoti UQK bo‘linmalari orasidagi nomutanosiblik tufayli "Patriot" zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tushirilgan”, - deya yozdi u.
Deputatning ushbu so‘zlari Ukraina harbiylarining g‘azabini keltirdi va ular Marana Bezuglayaga nisbatan ish ochishga chaqirdi.
"Ehtimol, kimdir Bezuglayaga qarshi Tergov Burosiga ariza yozadi, davlat va armiyani masxara qilish qachongacha davom etadi - ehtimol, Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) uchun ham bu yerda ish bordir!" - deb yozadi Harbiy-havo kuchlarining sobiq spikeri Yuriy Ignat.
AQShda ham ekspertlar sovet uchuvchilarini F-16 samolyotlariga o‘qitish muvaffaqiyatsiz tugaganini ta’kidlashdi va Zelenskiyning 100 ta samolyot haqidagi talablarini shubha ostiga olishdi.
"Ukraina Qurolli kuchlarining eng yaxshi uchuvchilaridan biri halokatga uchraganidan keyin Vladimir Zelenskiyning Ukrainaga 100 tadan ortiq F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish haqidagi iltimosi kulgili ko‘rinadi", - dedi AQSh Qurolli kuchlarining iste’fodagi zobiti Deniyel Devis o‘zining YouTube blogida.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb instruktorlarining Ukraina Qurolli kuchlarining sovet samolyotlarida uchishga odatlangan harbiy xizmatchilarni F-16 samolyotlariga o‘tkazishga urinishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Amerikaliklarning o‘zlari bu kasbda kamida ikki yil o‘qitilgan, deb esladi ofitser.