Mustaqillik bayramiga tuhfa: Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qismi ochildi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pobival na Tashkentskoy kolsevoy doroge i oznakomilsya s sozdannimi udobstvami dlya transporta i peshexodov
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Prezident xalqning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiladigan bunday qurilishlar davom ettirilishini bildirdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent halqa yo‘lining Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tgan qismida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rekonstruirovannoy chastyu Tashkentskoy kolsevoy dorogi v Mirzo-Ulugbekskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rekonstruirovannoy chastyu Tashkentskoy kolsevoy dorogi v Mirzo-Ulugbekskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yo‘l poytaxt va Toshkent viloyatining bir necha tumanlarini bog‘laydi. So‘nggi yillarda qatnov sezilarli ortdi. Shularni inobatga olib, bu yerda zamonaviy transport yechimi qo‘llanildi.
Yo‘lning 4 kilometriga asfalt-beton yotqizildi. Qatnov qismi oldingidan kengaytirilib, 6-8 tasmaga yetkazildi. Shuningdek, 4 ta yerosti o‘tish joyi, piyoda va veloyo‘laklar qurildi.
O‘ziga xos yechimlar asosida 3 ta qayrilib olish hamda 18 ta kesishmalarda qo‘shilib olish joylari tashkil etildi. Bu haydovchilarga qulaylik yaratib, tirbandlikni kamaytirishda muhim omil bo‘ladi.
Ko‘chaning Buyuk ipak yo‘li bilan kesishmasida yig‘ma temir konstruksiyali yo‘l o‘tkazgich qurildi. Ko‘cha bo‘ylariga elektron shaklda boshqariladigan tungi yoritish tizimi, aqlli svetoforlar o‘rnatildi. O‘n uchta bekat qurildi. Hudud ko‘kalamzorlashtirilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rekonstruirovannoy chastyu Tashkentskoy kolsevoy dorogi v Mirzo-Ulugbekskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s rekonstruirovannoy chastyu Tashkentskoy kolsevoy dorogi v Mirzo-Ulugbekskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident yangi yo‘l va inshootlar Mustaqillik bayramiga tuhfa ekanini ta’kidlab, xalqning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qiladigan bunday qurilishlar davom ettirilishini bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente rasshirili i rekonstruirovali kolsevuyu dorogu
V Tashkente rasshirili i rekonstruirovali kolsevuyu dorogu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonda 12 ming 600 kilometr avtomobil yo‘llari, ikki yuzga yaqin ko‘prik rekonstruksiya qilingan.