Nikolay Durov: Telegram asoschisining soyadagi akasi haqida nimalar ma’lum

© Sos.setiNikolay Durov
Nikolay Durov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2024
Obuna bo‘lish
VKontakte ijtimoiy tarmog‘i, Telegramning shifrlash uslubinini yaratgan, lekin o‘zi soyada qolishni ma’qul ko‘radigan Pavel Durovning akasi haqida nimalar ma’lum?
Nikolay Valeriyevich Durov - matematik, dasturchi, Vkontakte ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri yaratuvchisi.
Uning otasi Valeriy Durov - filologiya fanlari doktori, professor. 1992-2013 yillarda Sankt-Peterburg universiteti filologiya fakulteti klassik filologiya kafedrasini boshqargan. Onasi ham Sankt-Peterburg davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Bolaligida u bir necha yil Italiyaning Turin shahrida yashagan, u yerda otasi rus tilidan dars bergan.

Ta’lim va unvonlari

Sankt-Peterburgga qaytib, Fadeyev nomli akademik gimnaziyada tahsil oldi. Nikolay Durov uch marta - 1996, 1997 va 1998-yillarda Xalqaro matematika olimpiadasida g‘olib chiqqan, shuningdek, bir necha bor informatika bo‘yicha xalqaro olimpiada sovrindori bo‘lgan.
© Sos.setiNikolay Durov
Nikolay Durov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2024
Nikolay Durov
O‘rta maktabni tugatgach, Sankt-Peterburg davlat universitetiga o‘qishga kirdi. U Sankt-Peterburg davlat universiteti dasturlash jamoasi a’zosi bo‘lib, 2000 va 2001-yillarda Hisoblash mashinalari assotsiatsiyasi talabalari dasturlash bo‘yicha jahon chempionatida (ACM-ICPC) g‘olib bo‘lgan. 2005-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyin u Bonn universitetida ilmiy ishini davom ettirdi va u erda 2007-yilda "Arakelov singulyar geometriyasi" mavzusida ikkinchi dissertatsiyani himoya qildi.

"Mening akamning matematika bo‘yicha ikkita doktorlik unvoni bor, u juda aqlli va u kriptografiya bo‘yicha mutaxassis", - degan edi Pavel Durov katta akasi haqida Taker Karlsonga bergan intervyusida.

2006 yildan beri Nikolay Durov ukasi Pavelga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ini rivojlantirishda yordam berdi, loyihaning texnik direktori bo‘ldi va interfeysni ishlab chiqdi. Platforma 2013-yilda sotilganidan keyin u kompaniyani tark etdi.
Shuningdek, 2013-yilda Nikolay Durov o‘zining shifrlash tizimini yaratdi. Avvaliga aka-uka undan bir-birlari bilan muloqot qilish uchun foydalanishgan, keyin esa ushbu tizimni Telegramga joriy etishgan.
Taker Karlsonga bergan intervyusida Pavel Durov Telegramdagi shifrlashning asosiy tamoyillarini aynan uning akasi Nikolay ishlab chiqqanini, ular bugungi kunda ham kichik o‘zgarishlar bilan qo‘llanilayotganini ta’kidladi. Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi ko‘proq foydalanuvchi interfeysi, ilova qanday ishlashi, uning funksiyalari va boshqalar bilan shug‘ullangan, Nikolay esa shifrlash uchun mas’ul bo‘lgan.
Nikolay Durov ham Telegram Open Network (TON) blokcheyn platformasi yaratuvchilardan biri bo‘lib, uning asosida Tonkoin kriptovalyutasi yaratilgan.

Bugungi kunda Nikolay Durov Matematika institutining Sankt-Peterburg filiali katta ilmiy xodimi. Rossiya Fanlar akademiyasining V. A. Steklov. Algebra va sonlar nazariyasi laboratoriyasida ishlaydi. Fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega.

Shaxsiy hayoti

Nikolay Durov, ukasi Paveldan farqli o‘laroq, o‘z turmush tarzini maksimal darajada sir tutadi. Uning shaxsiy hayoti, xotini va bolalari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Shuningdek, ma’lumotlar bazasida Nikolay Durov bilan bog‘liq bo‘lgan biron bir yuridik shaxsning egasi yoki hammuallifi ekanligi haqida ma’lumot yo‘q.
© Sos.setiNikolay Durov
Nikolay Durov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2024
Nikolay Durov

So‘nggi voqealar

2024 yil 28-avgustda Nikolay Durov Fransiyada hibsga olindi. Unga Telegram faoliyati bilan bog‘liq turli ayblovlar qo‘yildi. Eng asosiysi — platforma davlatlar bilan yetarli darajada hamkorlik qilmayotgani va Telegramdan noqonuniy maqsadlarda foydalanish holatlari ko‘pligi.

Fransiya sudi ushbu aybnomalarga Telegram asoschisi Pavel Durovdan tashqari uning akasi Nikolay Durovni ham qo‘shdi.

28 avgust kuni Parij prokuraturasi Pavel Durovni "sud nazorati ostida" maqomi bilan hibsdan chiqardi. Unga 5 million yevro garov puli to‘lashi hamda Fransiya hududini tark etish taqiqlangani ma’lum qilindi.
Ochiq manbalar asosida tayyorlandi.
Yangiliklar lentasi
0