https://oz.sputniknews.uz/20240829/uzbekistan-kxsht-mashgulot-kuzatuvchi-ishtirok-45418903.html
O‘zbekiston KXShT mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi
O‘zbekiston KXShT mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi
Sputnik O‘zbekiston
KXShT: Markaziy Osiyodagi mashg‘ulotlar KXShTga a’zo davlatlarni himoya qilishga qaratilgan. 29.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-29T18:00+0500
2024-08-29T18:00+0500
2024-08-29T18:00+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
rossiya
tojikiston
qozog‘iston
kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
taktik o‘quv mashg‘ulotlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1d/45418454_0:292:3121:2048_1920x0_80_0_0_b821005d46da748bbe21b0e80963633e.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Bu haqda tashkilotning birlashgan shtab boshlig‘i Andrey Serdukov brifingda ma’lum qildi. Sentabr va oktabr oylarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 3-15 sentabr kunlari Qirg‘izistonda KXShT Tezkor harakat kollektiv kuchlari bilan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. “O‘zaro hamkorlik – 2024”, “Eshelon – 2024” va “Izlash – 2024” mashqlari Chuy va Issiqko‘l viloyatlarida tashkil etiladi. Serdukovning qayd etishicha, “O‘zaro hamkorlik-2024” KXShTning Tezkor harakat kollektiv kuchlari bilan qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlari inqirozli vaziyatni bartaraf etish uchun kuch va vositalardan foydalanishni ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu mashg‘ulotlarga KXShTga a’zo bo‘lmagan davlatlarning vakillari kuzatuvchi sifatida taklif qilindi: Jazoir, Misr, Hindiston, Eron, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, BMT va ShHT kotibiyatlari, Ijroiya qo‘mitasi va MDH aksilterror markazi. Aytilishicha, qo‘shma tadbirlarni rejalashtirishda zamonaviy qurolli mojarolar tajribasi, xususan, maxsus harbiy operatsiya, Suriyadagi urush va arab-isroil qarama-qarshiligi hisobga olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oktabr oyi boshida Qozog‘istonda KXShT tinchlikparvar kuchlari bilan “Buzilmas birodarlik – 2024” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Milliy kontingentlarni qayta guruhlash, belgilangan hududda Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni shakllantirish, tinchlikparvar operatsiyani rejalashtirish va o‘tkazish masalalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, KXShTning Markaziy Osiyodagi mashg‘ulotlari boshqa davlatlarga qarshi qaratilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20240603/garb-kxsht-belousov-44210603.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
tojikiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/1d/45418454_357:0:3088:2048_1920x0_80_0_0_88cb614a50e173c46ad6460bbc0cb69b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, rossiya, tojikiston, qozog‘iston, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht), taktik o‘quv mashg‘ulotlari
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, rossiya, tojikiston, qozog‘iston, kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht), taktik o‘quv mashg‘ulotlari
O‘zbekiston KXShT mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi
KXShT: Markaziy Osiyodagi mashg‘ulotlar KXShTga a’zo davlatlarni himoya qilishga qaratilgan.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) mashg‘ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Bu haqda tashkilotning birlashgan shtab boshlig‘i Andrey Serdukov brifingda
ma’lum qildi. Sentabr va oktabr oylarida Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
3-15 sentabr kunlari Qirg‘izistonda KXShT Tezkor harakat kollektiv kuchlari bilan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. “O‘zaro hamkorlik – 2024”, “Eshelon – 2024” va “Izlash – 2024” mashqlari Chuy va Issiqko‘l viloyatlarida tashkil etiladi.
Serdukovning qayd etishicha, “O‘zaro hamkorlik-2024” KXShTning Tezkor harakat kollektiv kuchlari bilan qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlari inqirozli vaziyatni bartaraf etish uchun kuch va vositalardan foydalanishni ishlab chiqishga qaratilgan.
Ushbu mashg‘ulotlarga KXShTga a’zo bo‘lmagan davlatlarning vakillari kuzatuvchi sifatida taklif qilindi: Jazoir, Misr, Hindiston, Eron, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, BMT va ShHT kotibiyatlari, Ijroiya qo‘mitasi va MDH aksilterror markazi.
“Mashg‘ulotlar inqirozli vaziyatni bartaraf etish uchun kuch va vositalardan foydalanishni ishlab chiqishga qaratilgan. Kollektiv tezkor harakat kuchlari jamoaviy xavfsizlik tizimining universal vositasi bo‘lib, barcha mavjud chaqiriq va tahdidlarga munosib javob berishga imkon beradi. Mashqlar davomida biz kollektiv kuchlar kontingentini amalda eng yuqori jangovar shay holatga keltiramiz, guruh tuzamiz, qurolli mojaroni hal qilish bo‘yicha qo‘shma operatsiyani tayyorlaymiz va o‘tkazamiz”, — dedi Serdukov.
Aytilishicha, qo‘shma tadbirlarni rejalashtirishda zamonaviy qurolli mojarolar tajribasi, xususan, maxsus harbiy operatsiya, Suriyadagi urush va arab-isroil qarama-qarshiligi hisobga olingan.
“Jangovar harakatlarni o‘tkazishning doimiy ravishda o‘zgarib turadigan shakl va usullari ularni tezkor va jangovar tayyorgarlik jarayonida chuqur tahlil qilish, o‘rganish va o‘zlashtirishni talab qiladi. Joriy yilda harbiy-texnik hamkorlik doirasida Rossiya harbiy-sanoat majmuasi korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy-texnika vositalari imkoniyatlarini Qirg‘iziston va Tojikistonda namoyish etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — dedi Serdukov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oktabr oyi boshida Qozog‘istonda KXShT tinchlikparvar kuchlari bilan “Buzilmas birodarlik – 2024” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Milliy kontingentlarni qayta guruhlash, belgilangan hududda Kollektiv tinchlikparvar kuchlarni shakllantirish, tinchlikparvar operatsiyani rejalashtirish va o‘tkazish masalalarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
“Oktabr oyi o‘rtalarida Tojikistonda Markaziy Osiyo mintaqasi jamoaviy tezkor qo‘shinlari bo‘linmalari bilan tashqi harbiy tajovuzni qaytarishda, qo‘shma qurollar, terrorizmga qarshi va maxsus operatsiyalarda ishtirok etish uchun mo‘ljallangan “Chegara-2024” qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Qo‘shma mashg‘ulotlar natijalari umumlashtiriladi, atroflicha o‘rganiladi va ularning natijalari keyinchalik amaliyotga tatbiq etiladi”, — dedi Serdukov.
Unga ko‘ra, KXShTning Markaziy Osiyodagi mashg‘ulotlari boshqa davlatlarga qarshi qaratilmagan.
“KXShT qo‘shinlari (kollektiv kuchlari) bilan rejalashtirilgan tadbirlar tashkilotga a’zo davlatlarning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetini kollektiv asosda himoya qilishga qaratilgan, ular xalqaro standartlarga to‘liq mos keladi va boshqa davlatlarga qarshi qaratilmaganligini qayd etmoqchiman”, — dedi Serdukov brifingda.