https://oz.sputniknews.uz/20240829/uzbekistan-er-boyliklar-muhofaza-45414688.html
O‘zbekiston yer va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni kuchaytirmoqda
O‘zbekiston yer va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni kuchaytirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yerni va yer osti boyliklarini asrab qolish hamda muhofaza qilishda ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilmoqda.
2024-08-29T11:49+0500
2024-08-29T11:49+0500
2024-08-29T11:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
senatorlar
qonun
yer mulki
qazilma boyliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/19/19408748_220:621:2754:2047_1920x0_80_0_0_22f97f35975a4b2d61b60eda6e61f68f.jpg
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yer va yer osti boyliklarining muhofazasi kuchaytirilmoqda. Bu haqda Senatning navbatdagi yalpi majlisida ma’lum qilindi. Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yerni va yer osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunni maqullashdi. Qayd etilishicha, 2019–2023 yillar mobaynida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun 300 dan ziyod ruxsatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorlik faoliyatining qonuniyligi ta’minlangan. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksida foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun hamda foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadigan normalar mustahkamlanmoqda. Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ularda qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilmoqda. Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun yerni va yer osti boyliklarini asrab qolish hamda muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini ta’minlashga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240820/uzbekistan-er-osti-boylik-tadbirkorlar-45288012.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/19/19408748_498:486:2580:2047_1920x0_80_0_0_9d21f974282bcc3e12fd76ef5a449fbb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yer va yer osti boyliklari
yer va yer osti boyliklari
O‘zbekiston yer va yer osti boyliklarini muhofaza qilishni kuchaytirmoqda
Yerni va yer osti boyliklarini asrab qolish hamda muhofaza qilishda ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilmoqda.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekistonda yer va yer osti boyliklarining muhofazasi kuchaytirilmoqda. Bu haqda Senatning navbatdagi yalpi majlisida
ma’lum qilindi. Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yerni va yer osti boyliklarini asrab qolishga hamda muhofaza qilishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunni maqullashdi.
“Respublikamizda 2676 ta foydali qazilma koni mavjud bo‘lib, ulardan ruxsatnoma asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2 mingdan ziyod foydali qazilma qazib olinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2019–2023 yillar mobaynida qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun 300 dan ziyod ruxsatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorlik faoliyatining qonuniyligi ta’minlangan.
“Ammo ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, qimmatbaho metallarni noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq holatlar hamon kuzatilyapti. O‘tgan bir yilda qimmatbaho metallarni noqonuniy yo‘l bilan qazib olish bilan bog‘liq 100 tadan ziyod holat aniqlangan. Jizzax, Samarqand, Navoiy va Toshkent viloyatlarida jami 79 nafar jismoniy shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Sohada huquqbuzarlik holatlari ortib borishi mazkur qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni taqozo etmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shuning uchun ham Jinoyat kodeksida foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun hamda foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadigan normalar mustahkamlanmoqda.
Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ularda qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, yer berish tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilmoqda.
Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun yerni va yer osti boyliklarini asrab qolish hamda muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning samarali profilaktikasini ta’minlashga xizmat qiladi.