Mirziyoyev Turkiya madaniyat va turizm vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Tureskoy Respubliki vo glave s ministrom kulturi i turizma Mexmetom Nuri Ersoyem.
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Tureskoy Respubliki vo glave s ministrom kulturi i turizma Mexmetom Nuri Ersoyem. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2024
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda tegishli "yo‘l xaritasi"ni tezroq qabul qilish ta’kidlandi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuv boshida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomini yetkazdi.
O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Davlatlararo hamkorlikning bugungi yuksak darajasi alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo va investitsiyalar, yuk tashish hajmi, ishbilarmonlik va sayyohlik safarlari soni ortmoqda. Har hafta 90 tadan ortiq aviaqatnov amalga oshirilmoqda.
Jadal madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tegishli "yo‘l xaritasi"ni tezroq qabul qilish, amaliy hamkorlikning institutsional mexanizmlarini ishga tushirish, milliy madaniyat va kino kunlarini o‘tkazish, san’at, madaniy merosni muhofaza qilish, turizm salohiyatini yuzaga chiqarish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2024
Shavkat Mirziyoyev Turkiya milliy mudofaa vazirini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0