https://oz.sputniknews.uz/20240828/oqotar-qurol-ixtiyor-shaxslar-javobgarlik-45402539.html
O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi
O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, o‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish — qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
2024-08-28T15:10+0500
2024-08-28T15:10+0500
2024-08-28T15:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qurol
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16011314_50:0:1300:703_1920x0_80_0_0_52f2a37358e61f04876eb425d28f931f.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekistonda o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi. Bu bo‘yicha prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi. Hujjatga ko‘ra, shaxs o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, o‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish — qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tig‘li sovuq quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish — qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20220601/qurol-va-uning-oq-dorilarini-hadya-etish-taqiqlandi-24936498.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/10/16011314_230:0:1167:703_1920x0_80_0_0_7f4be9d1ce974533534f941c078cbe7c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks o‘qotar bo‘lmagan qurol
ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks o‘qotar bo‘lmagan qurol
O‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikka tortilmaydi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi norma kiritildi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekistonda o‘qotar bo‘lmagan qurolni o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi. Bu bo‘yicha prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi.
Hujjatga ko‘ra, shaxs o‘zining qonunga xilof egaligida bo‘lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig‘li sovuq, uloqtirish quroli va o‘zini o‘zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
“Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, o‘qotar quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish — qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pnevmatik, uloqtirish, signal beruvchi quroldan belgilangan tartibni buzgan holda otish, shuningdek tig‘li sovuq quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish — qurolni va o‘q-dorilarni musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.