Bu yil aholi va tadbirkorlarga qancha muqobil energiya uskunalari o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSolnechnie paneli
Solnechnie paneli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2024
Obuna bo‘lish
Prezident mutasaddilarga energiyani tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 28 avg— Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya tejamkorligini ta’minlash, muqobil quvvatlardan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev  provel soveshanie po voprosam obespecheniya energosberejeniya i rasshireniya ispolzovaniya alternativnix istochnikov energii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2024
Shavkat Mirziyoyev
“Muqobil energiya manbalarini o‘rnatish bu – davlat siyosati”, – dedi prezident.
Qayd etilishicha, Farg‘ona politexnika instituti olimlari tomonidan Farg‘ona tumanidagi elektr iste’moli o‘rganildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFarg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.
Prezident Shavkat Mirziyoyev  provel soveshanie po voprosam obespecheniya energosberejeniya i rasshireniya ispolzovaniya alternativnix istochnikov energii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2024
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov.
“Misol uchun, 4,6 ming xonadon va 233 ta tadbirkorga xizmat qiladigan “Log‘on” podstansiyasidagi yillik yo‘qotish 5 million kilovatt soatni tashkil qiladi. Bu – tabiiy yo‘qotish uchun belgilangan meyordan 1,5 baravar ko‘p. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur podstansiyadan elektr oladigan 113 ta transformatordagi yuklamani teng taqsimlash orqali 765 ming kilovatt soat yo‘qotishning oldini olish mumkin. Eng muhimi, bunga xarajat talab qilinmaydi. Tuman elektr korxonasida boshqaruv to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Yoki suv nasoslariga xizmat ko‘rsatuvchi 44 ta transformatorga reaktiv quvvat batareyalari o‘rnatilsa, yo‘qotish yiliga 1,1 million kilovatt soatga kamayadi, xarajat bir yilda o‘zini oqlaydi.
Umuman, Farg‘ona tumanidagi 14 ta podstansiyada 15,5 million kilovatt soat yoki yiliga o‘rtacha 6 milliard so‘mlik ortiqcha yo‘qotish hisob-kitob qilingan. Ish yuqoridagidek omilkorlik bilan tashkil qilinsa, elektrdan iqtisod qilish rejasini bajarish mumkin.
“Mamlakatimiz bo‘yicha 1 ming 800 ta shunday podstansiya va 100 mingga yaqin transformator bor. Mutasaddilarga ushbu tajribani boshqa hududlarda ham joriy qilib, energiyani tejash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQoraqalpog‘iston respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev  provel soveshanie po voprosam obespecheniya energosberejeniya i rasshireniya ispolzovaniya alternativnix istochnikov energii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2024
Qoraqalpog‘iston respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev.
Qoraqalpog‘istonda gazni tejash bo‘yicha yaxshi natija bor. Hozirgacha 95 mingta xonadondagi eskirgan “gorelka” energiya tejamkoriga almashtirilgani va isitish tizimi izolyatsiya qilingani hisobiga, yiliga 145 million kubmetr gaz iqtisod bo‘layapti. Yana 16 ming ehtiyojmand oilaga mahalliy budjet hisobidan shunday pechlar qo‘yib berish boshlangan. Bu orqali 20 million kubmetr gaz iqtisod qilinib, ehtiyojmand aholi ixtiyorida 12 milliard so‘m qoladi.
"Shu tarzda, mamlakatdagi 1 million xonadon isitish tizimini energiya tejamkoriga almashtirish vazifasi qo‘yildi", — deya ta’kidlangan xabarda.
Qayd etilishicha, respublikada 2 ming 349 ta yirik gaz iste’molchisi bor. Masalan, Ohangarondagi kafel ishlab chiqaruvchi korxona o‘zidan chiqqan issiqlikdan qayta foydalanish texnologiyasini joriy qilgan. Lekin, yirik iste’molchilarning bor-yo‘g‘i 25 foizida zamonaviy gaz tejovchi uskunalar o‘rnatilgan.
“Davlatimiz rahbari bunga alohida to‘xtalib, viloyat hokimliklari va Energoinspeksiya mana shunday masalalar bilan shug‘ullanishi kerakligini ta’kidladi. Yirik gaz iste’molchisi bo‘lgan korxonalarda ilmiy-texnik asoslar bilan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatish bo‘yicha topshiriqlar berildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
“Amu-Buxoro” kanaliga 100 Megavattli quyosh stansiyasi o‘rnatildi. Buning natijasida tarmoqdan olinadigan energiya miqdori 30 foizga yoki 200 million kilovattga qisqardi. Yana shuncha quvvat ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Jami elektr iste’molining 10-11 foizi suv xo‘jaligi korxonalariga to‘g‘ri keladi. Shu bois kelgusi uch yilda suv xo‘jaligi inshootlarida elektr iste’molini kamida 25 foizga qisqartirish vazifasi belgilandi.
Energiya samaradorligini ta’minlashda yana bir manba bu – quyosh. Masalan, Oltiariqdagi tadbirkor 300 kilovattli quyosh paneli o‘rnatib, yiliga 540 ming kilovatt soat yoki 486 million so‘mlik elektrni o‘zi ishlab chiqarayapti.
Bu yil aholiga 182 Megavatt, tadbirkorlarga 791 Megavatt quvvatli muqobil energiya uskunalari o‘rnatish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0