Mirziyoyev 2028-yilgi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini aytdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s pobeditelyami i prizerami XXXIII letnix Olimpiyskix igr.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida prezident Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Prezident Parijdagi natijalarni chuqur tahlil qilib, ulardan zarur xulosa va saboqlar chiqargan holda 2028-yili Los-Anjelesda bo‘ladigan navbatdagi olimpiadaga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligini qayd etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s pobeditelyami i prizerami XXXIII letnix Olimpiyskix igr.
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s pobeditelyami i prizerami XXXIII letnix Olimpiyskix igr.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Masalan, Parij olimpiadasida 32 ta sport turi bo‘yicha 329 ta medal uchun kurash olib borildi. Suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi, yengil atletika, eshkakli, baydarka va kanoeda suzish, velosport, o‘q otish va kamondan otish, gimnastika bo‘yicha bizda sport federatsiyalari ham, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun tegishli baza ham bor. Eng muhimi, bu borada iqtidorli sportchilar ham yetarli ekani ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlari, yunon-rum kurashi, ot sporti, zamonaviy beshkurash, triatlon, qilichbozlik bo‘yicha ham hali ishga solinmagan imkoniyatlar juda ko‘p.
"Oldimizda to‘rt yil vaqt bor. O‘ylaymanki, sport federatsiyalari rahbarlari o‘zlariga xulosa qilib, Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan olimpiadaga munosib tayyorgarlik ko‘radilar", — dedi prezident.
Bunga erishish uchun har bir olimpiya sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda kelgusi to‘rt yilda sportchilarni tayyorlash bo‘yicha katta dasturlar qabul qilinadi.
Har bir yo‘nalishda sport meditsinasi, farmakologiyasi, diyetologiyasi, psixologiyasi va muhandisligi bo‘yicha chet eldan malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Bu borada “Olimpiya shaharchasi”da musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulotlarni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘tkazish bo‘yicha alohida tizim yaratiladi.
Bahodir Jalolov, Oksana Chusovitina maktablari kabi ixtisoslashgan sport muassasalari har bir hududda, har bir sport yo‘nalishi bo‘yicha tashkil qilinadi.
Bundan tashqari, joylarda, ayniqsa, mahallalarda yangi-yangi iqtidorlarni kashf qilish, ularni manzilli seleksiya asosida xalqaro musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha ham alohida dastur joriy etiladi.
"Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston – Olimpiada o‘yinlarida nafaqat kurashchi-pahlavonlar yurti, balki chavandoz va yuguruvchilar, mergan va qilichbozlar, gimnast va suzuvchilar, futbolchi va tennischilar, marafonchi va velosportchilar mamlakati sifatida ham munosib ishtirok etishi kerak", — dedi Mirziyoyev.
Buning uchun mamlakatdagi zarur sport infratuzilmasiga ega bo‘lgan 15 ta Olimpiya va paralimpiyaga tayyorlash markazi, 6 ta Respublika oliy sport mahorati maktabi, 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ana shu yo‘nalishlarda yuqori mahoratli sportchilarni tarbiyalagan mahalliy va xorijiy trenerlarni biriktirish lozimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston prezidentining shu yil 23-avgustdagi farmoniga muvofiq, Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi faxriy unvon va ordenlar bilan taqdirlangan edi. Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
1/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
2/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
3/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
4/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
5/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
6/6
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana