Redaksionniy sentr Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Anons: o‘zbekistonlik Olimpiada qahramonlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi

© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet UzbekistanaDvukratniy olimpiyskiy chempion po txekvondo Ulugbek Rashitov
Dvukratniy olimpiyskiy chempion po txekvondo Ulugbek Rashitov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2024
Obuna bo‘lish
Matbuot anjumanida o‘zbekistonlik Olimpiya o‘yinlari qahramonlari qanday qilib mamlakat tarixida yangi sahifa ochishga muvaffaq bo‘lishgani haqida so‘zlab berishadi.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 29-avgust kuni soat 13.00 da (Toshkent vaqti bilan) “O‘zbekistonlik Olimpiada qahramonlari qanday qilib mamlakat tarixida yangi sahifa ochishga muvaffaq bo‘ldi?” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
Taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashitov;
Taekvondo bo‘yicha Olimpiada kumush medali sovrindori Svetlana Osipova.
26 iyuldan 11-avgustgacha Parijda bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘zbekistonlik sportchilarni nima bilan esda qoldi? Olimpiya o‘yinlari medallari yo‘lida qanday qiyinchiliklar yengib o‘tildi? Keyingi xalqaro musobaqalarga sportchilar qanday tayyorgarlik ko‘rishadi? Anjumanda sportchilar bu va boshqa savollarga javob berishadi.
Ma’lumot uchun, dunyoning 206 ta mamlakatidan qatnashgan eng kuchli atletlar ishtirokidagi O‘yinlarda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Sportchilar murosasiz bellashuvlar davomida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medal qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekiston qahramonlariga aylanishdi.
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.
Yangiliklar lentasi
0