"Sharq taronalari"ning xalqaro “Do‘stlar klubi” tashkil etiladi — foto

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Obuna bo‘lish
“Sharq taronalari” festivali tarixi va musiqa madaniyatiga doir ma’lumotlarni o‘zida jamlagan ensiklopediya va uning virtual shakli yaratiladi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, festival o‘nlab mahoratli xonanda va sozandalarni, iste’dodli yoshlarni kashf etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii otkritiya trinadsatogo Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya Shark taronalari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
“Notinch va tahlikali zamonda azaliy qadriyatlarni, odamiylik qiyofasini saqlab qolish tobora mushkul bo‘lib bormoqda. Mana shunday murakkab vaziyatda ilohiy sarchashmalardan quvvat olib, vaqt va makon chegaralari osha gumanistik ideallarni tarannum etadigan asl san’at, musiqa va adabiyot xaloskor kuch bo‘lib maydonga chiqishi zarur”, — dedi O‘zbekiston yetakchisi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii otkritiya trinadsatogo Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya Shark taronalari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Ochilish marosimida quyidagi tashabbuslar surildi:
“Sharq taronalari” festivali tarixi va musiqa madaniyatiga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadigan alohida ensiklopediya va uning virtual shaklini yaratish;
Anjumanning xalqaro “Do‘stlar klubi”ni tashkil etish;
Festivalning g‘olib va sovrindorlari ishtirokida dunyo mamlakatlarining nufuzli sahnalarida konsert dasturlarini o‘tkazish.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii otkritiya trinadsatogo Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya Shark taronalari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Marosimda YuNESKO, TURKSOY, Turkiy madaniyat va meros fondi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa tashkilotlardan faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Umuman, bu yilgi festivalda 80 taga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod san’atkor va olimlar qatnashmoqda.
Festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ham bo‘lib o‘tadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v torjestvennoy seremonii otkritiya trinadsatogo Mejdunarodnogo muzikalnogo festivalya Shark taronalari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Shavkat Mirziyoyev “Sharq taronalari” o‘n uchinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi
Ma’lumot uchun, festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997 yilda tashkil etilib, ilk marotaba o‘tkazilgan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo‘lsa, 2019-yilda o‘tkazilgan XII "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan edi.
Yangiliklar lentasi
0