O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Sergey Lebedev O‘zbekistondagi parlament saylovida MDH missiyasiga rahbarlik qiladi

© Shutnik/Zafar XalilovMustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2024
Obuna bo‘lish
Sergey Lebedev respublikada bo‘lib o‘tgan 2019-yilgi parlament saylovida ham missiyaga rahbar bo‘lgan.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari saylovida Hamdo‘stlik kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qiladi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sergey Lebedevning nomzodi Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning Hamdo‘stlikning ustav va boshqa organlari huzuridagi Doimiy vakolatli vakillari kengashi qarori bilan tasdiqlangan.
Qayd etilishicha, MDH kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan “Davlatlarda demokratik saylovlar, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to‘g‘risida”gi Konvensiya, O‘zbekiston qonunchiligiga amal qilgan holda saylov kampaniyasini kuzatib boradi.
Shu bilan birga, MDH Kuzatuvchilari missiyasi faoliyati ochiqlik, betaraflik va saylov jarayoni va davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga asoslanadi.
Ma’lumot uchun, MDH bosh kotibi 2015, 2016 va 2021 va 2023-yillarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari, shuningdek, 2014, 2019-yillarda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida MDH kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilgan.
O‘zbekistonda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar qanday o‘tadi?
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Saylovda ishtirok etish uchun quyidagi siyosiy partiyalarga ijozat berildi:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga;
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga;
O‘zbekiston Ekologik partiyasiga;
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga;
O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasiga.
Dosrochnie vibori prezidenta v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2024
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
Parlament saylovi uchastkalari qaysi davlatlarda tuzilishi ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0