Rossiya va Belarus eshkak eshuvchilari Samarqanddagi JChda eng ko‘p medalni qo‘lga kiritdi
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblastiV Samarkande zavershilsya Chempionat mira po greble na baydarkax i kanoe.
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblasti
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiyalik sportchilar chempionatni 5 ta medal bilan yakunladi, shundan 4 tasi oltin, bittasi kumush. Belarus sportchilari 11 medal (4 oltin, 4 kumush va 3 bronza) qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati yakunlanib, unda 50 tadan ortiq davlat vakillari, jumladan, Rossiya va Belarus sportchilari ishtirok etdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Har bir mamlakat o‘zining eng kuchli sportchilarini taqdim etdi, ularning ko‘plari Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan. Uch kun davomida eshkak eshuvchilar nafaqat g‘alaba uchun kurashdilar, balki uni tom ma’noda raqiblarining qo‘lidan "sug‘urib olishdi". Chempionatda qatnashgan 24 nafar o‘zbekistonlik eshkak eshuvchiga shohsupaga ko‘tarilish nasib qilmadi.
Chempionat davomida jami 20 ta sovrinlar jamlanmasi topshirildi. Ularning aksariyatini betaraf sportchilar sifatida qatnashgan Belarus va Rossiya eshkak eshuvchilari qo‘lga kiritishdi.
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblastiV Samarkande zavershilsya Chempionat mira po greble na baydarkax i kanoe.
V Samarkande zavershilsya Chempionat mira po greble na baydarkax i kanoe.
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblasti
Belarus sportchilari 11 medal (4 oltin, 4 kumush va 3 bronza) qo‘lga kiritdi. Rossiyalik sportchilar esa chempionatni 5 ta medal bilan yakunladi, shundan 4 tasi oltin, bittasi kumush.
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblastiV Samarkande zavershilsya Chempionat mira po greble na baydarkax i kanoe.
V Samarkande zavershilsya Chempionat mira po greble na baydarkax i kanoe.
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblasti
Agar eng kuchli eshkak eshuvchi Zaxar Petrov bilan sodir bo‘lgan kutilmagan vaziyat bo‘lmaganida, rossiyalik eshkak eshuvchilar uchun mukofotlar to‘plamida yana bitta oltin medal bo‘lishi mumkin edi. Sportchi raqiblaridan o‘zib ketish uchun shunchalik urindiki, marraga birinchi bo‘lib yetib borish arafasida bo‘lganida uning qayig‘i ag‘darilib ketdi. Avvaliga Rossiya tomoni e’tiroz bildirganidan so‘ng 500 m masofaga yakkalik musobaqada qatnashgan Zaxarning g‘alabasi hisobga olindi.
Biroq keyinroq hakamlar hay’ati qarorni o‘zgartirib, sportchini g‘oliblar safidan chetlatib, uni marraga yetmaganlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.
"Afsuski, shunday bo‘ldi, avval g‘alabani hisobga olishdi, keyin esa bekor qilishdi. Uning qayiqda marra chizig‘ini kesib o‘tmagani haqida hech qanday tasdiq yo‘q. Mening fikrim shunday: diskvalifikatsiya asossiz", - deydi RF vakili Sergey Usmayev.
Eslatib o‘tamiz, chempionatda Rossiyani sharafini neytral bayroq ostida 4 ta masofada ishtirok etgan 12 nafar sportchi himoya qildi. Shunday qilib, 500 m masofalik aralash to‘rtlik kanoeda Sofiya Shtil, Yekaterina Shlyapnikova, Zaxar Petrov va Ivan Shtil oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Aralash aralash kanoeda ham rossiyaliklarga teng keladigani yo‘q edi. 500 m masofada Aleksey Korovashkov va Yekaterina Shlyapnikova, 1000 m masofada esa Zaxar Petrov va Ivan Dmitriyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Juft kanoechilar Svetlana Chernigovskaya va Anastasiya Dolgova ham chempionatda eng yaxshi natijani qayd etib, 200 m masofaga marraga birinchi bo‘lib yetib kelishdi.
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblastiV Samarkande zavershilsya Chempionat mira po greble na baydarkax i kanoe.
V Samarkande zavershilsya Chempionat mira po greble na baydarkax i kanoe.
© Press-slujba Upravleniya sporta po Samarkandskoy oblasti
Rossiyaliklarning mukofotlari to‘plamidan 200 metrga yakkalik baydarkada qatnashgan Anastasiya Dolgovaning muvaffaqiyati ham bor. Jahon chempionati yakunida Vengriya, Portugaliya, Xitoy, Germaniya va Polsha sportchilari ham g‘alabani qo‘lga kiritishdi.