Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekistonga maymunchechakni aniqlovchi Rossiya testlari yetkazib beriladi — Rospotrebnadzor

© Sputnik / Press-slujba nauchnogo sentra virusologii i biotexnologiy "Vektor" / Mediabankka o‘tishNauchniy sentr "Vektor" sozdal test-sistemi dlya viavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan
Nauchniy sentr Vektor sozdal test-sistemi dlya viavleniya sluchayev zarajeniya ospoy obezyan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2024
Obuna bo‘lish
Ayrim davlatlar Rossiyada ishlab chiqarilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etish iltimosi bilan murojaat qildi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Rossiyaning “Vektor” davlat ilmiy-tadqiqot markazida ishlab chiqilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu hafta O‘zbekistonga yetkaziladi. Bu haqda RIA Novosti Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar aholisining sanitariya-epidemiologiya farovonligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh davlat sanitariya shifokorlari, Tojikiston va O‘zbekistonning sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi sohasidagi vakolatli organlari rahbarlari ham taklif etildi.
Aholining aksariyat qismida maymun chechagiga qarshi immunitet bor — Sanepidqo‘mita
“Hamkorlar Rossiya tomoniga Rospotrebnadzorning “Vektor” Virusologiya va biokimyo ilmiy-tadqiqot markazi Federal budjet muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan maymunchechakni aniqlash uchun test tizimlarini taqdim etish iltimosi bilan murojaat qilishdi. Test tizimlarining birinchi to‘plamlari shu haftada O‘zbekistonga yetkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Yevroosiyo mintaqasida maymunchechakning tarqalish xavfi past deb baholanmoqda.
“Uchrashuvda JSSTning maymunchechak kasalligi bo‘yicha xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat e’lon qilishi bilan bog‘liq vaziyat masalasi muhokama qilindi. Kengash a’zolarining fikricha, YeOIIga a’zo davlatlar, Tojikiston va O‘zbekistonda maymunchechak kasalligining tarqalish xavfi past deb baholanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda Yevroosiyo mintaqasining barcha davlatlari chegarada sanitariya-karantin nazorati choralarini kuchaytirgani ta’kidlandi.
O‘zbekistonda maymun chechagiga qarshi dori vositalari zaxirasi tashkil etildi
Ospa obezyan: kak peredayetsya i chto delat pri zarajenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
Maymunchechak: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qilish uchun nimalarni bilish kerak?
Yangiliklar lentasi
0