Mirziyoyev harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

© Ministerstvo oboroniKursanti prinyali prisagu v visshix voyennix uchebnix zavedeniyax
Kursanti prinyali prisagu v visshix voyennix uchebnix zavedeniyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2024
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarining tegishli farmoniga ko‘ra, 60 ga yaqin xodimlar mukofotlandi.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, respublika davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.
Hujjatga ko‘ra, 60 nafarga yaqin xodimlar mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi alohida xizmatlari, milliy manfaatlarni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi sharafli burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun mukofotlandi.
Shuningdek, mukofotlashda sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki ham inobatga olindi.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan
1.
Mansurov Baxtiyar Muminovich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
1.
Bobojonov Po‘lat Razzaqovich - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri
“Mardlik” ordeni bilan
1.
Alikariyev Murodilla Saydullayevich - Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari
2.
Xushbaqov Mirsharof Nuraliyevich - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
3.
Sharipov Ismoil Maxamadzkirovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi boshlig‘i
“Do‘stlik” ordeni bilan
1.
Islamov Baxtiyar Djaxangirovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
2.
Lim Mixail Aleksandrovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori
3.
Mavlonov Akmalxuja Yusupovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi
“Jasorat” medali bilan
1.
Alimbayev Marat Tolipjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otrad katta yo‘riqchi-qutqaruvchisi
2.
Alimov Sherzod Raxmatullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otrad katta usta-qutqaruvchisi
3.
Atanayev Yodgorbek Omatjonovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh serjanti yordamchisi
4.
Zikirov Jamoliddin Toxirjonovich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi otrad komandirining o‘rinbosari
5.
Mirzamatov Husniddin Tulanboyevich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaz katta yo‘riqchisi
6.
Mo‘minov Xurshid Toshmurotovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
7.
Nurboyev Iskandar Muxidinovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
8.
Primov Elbek Uktamovich (marhum) - Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani ichki ishlar bo‘limi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori
9.
Tairov Ruslan Karimovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand viloyati bo‘yicha portlash xavfi bo‘lgan predmetlarni zararsizlantirish maxsus otradi bosh mutaxassisi
10.
Turdibekova Sitora Shavkat qizi - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport bo‘limi yo‘riqchi-sportchisi
11.
Xabibullayev Hikmatillo Hamidullo o‘g‘li - O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi
12.
Shonusratov Xasan Shotuyg‘unovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otrad komandiri
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
1.
Abdigapirov Abdimutal Abdikarimovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti kafedra professori
2.
Abdullayev Iskandar Abdulboqiyevich - Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
3.
Abdurahmonov Yaxyo Abdug‘aniyevich - Yunusobod tumani prokurori
4.
Aytniyazov Paraxat - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi
5.
Goncharov Aleksey Sergeyevich -Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi kinologiya bo‘linmasi kichik inspektor-kinologi
6.
Gofurov Abdumannob Abdullajonovich -O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
7.
Gulyamov Eldar Istamovich - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti batalon komandiri
8.
Dushayev Anvarjon Xudoyberdiyevich - Sirdaryo viloyati Xovos tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori
9.
Ibragimov Ismatjon Nigmatjonovich - Samarqand shahar bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
10.
Muxammadiyev Nu’mon Usmonovich - Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘i
11.
Nasirov Djumabay Djurabayevich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi “Shon-sharaf” muzeyi bo‘lim bosh mutaxassisi
12.
Nezametdinova Dildora Abdumalikovna - Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti katta inspektori
13.
Norqabilov Xudoyberdi Rabbimovich - Navoiy shahar prokurori
14.
Parpiyeva Gulnora Axatovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi
15.
Rahimov Nodirbek Muyidinovich - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i
16.
Rustamov Jasurbek Ilxomovich - Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov bo‘limi boshlig‘i
17.
Fazilov Jaxangirjon Tulqinovich - Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i
18.
Xudoyqulov Zokir Normurodovich - Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining raisi
19.
Ergashev Ilxom Abdumutalifovich - Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i
20.
Eshanjanov Saydulloxon Nizomovich - Namangan viloyati Davlatobod tumani ichki ishlar bo‘limi patrul-post xizmati otradi bo‘linma komandiri
21.
Yusupov Sa’dullo Nasrulloyevich - Samarqand viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori
“Sog‘lom turmush” medali bilan
1.
Yusupov Umarbek Xudayberganovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i
“Shuhrat” medali bilan
1.
Agzamxodjayev Iskandar Yalkinovich - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
2.
Davidova Regina Levonovna - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i
3.
Karimov G‘olib Toliboyevich - Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori
4.
Qodirov Sirojiddin Nadirxanovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otradi bo‘linma komandiri
5.
Qurbonov Quvondiq Karimovich - Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili
6.
Mamatov Gayratjon Tuxtamurodovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh mutaxassisi
7.
Maxmudov Alisher Abdusalimovich - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
8.
Ruzimurodov Voxidjon Asatullayevich - Navoiy viloyati Navbahor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i
9.
Uskenbayev Timur Aristanbekovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika qutqaruv markazi otrad katta usta-qutqaruvchisi
10.
Xusanov Yusubjon Tuxtasinovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi
11.
Husenov Jaloliddin Farxodovich - Buxoro viloyati ma’muriy sudining sudyasi
12.
Cho‘lliyev Jobir Avliyoqulovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qism guruh komandiri
13.
Sherbekov Xurshid Tashpulatovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash boshqarmasi qo‘riqlash bo‘limi safdor xodimi
14.
Ergasheva Barno Shokirjanovna - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosining Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi davlat ijrochisi
15.
Yusupov Ulugbek Mirtalibovich - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori
Yangiliklar lentasi
0