https://oz.sputniknews.uz/20240826/kursk-asir-ukraine-qurol-jangari-45381005.html
Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni ortmoqda
Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni ortmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Alaudinov: Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni o‘sishda davom etmoqda.
2024-08-26T17:10+0500
2024-08-26T17:10+0500
2024-08-26T17:10+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ukraina
harbiy
qurol-yarog‘
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/1e/44987670_0:0:3206:1804_1920x0_80_0_0_5e632a84bfe9730443cda8e824150c70.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kursk viloyatida rus bo‘linmalari tomonidan asirga olingan Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari soni o‘sishda davom etmoqda, ularning bir qismi ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lmoqda. Bu haqda “Ahmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy-siyosiy bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Apti Alaudinov RIA Novostiga ma’lum qildi. Agentlik suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, asirlarni ham “Ahmat” maxsus bo‘linmasi, ham Rossiya Qurolli kuchlarining bir-biri bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan boshqa bo‘linmalari harbiy xizmatchilari olib ketishadi. Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi, ularning yurishi to‘xtatildi. Rossiya Mudofaa vazirligining 25-avgust kuni xabar berishicha, Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 5800 dan ortiq odam, 72 tank va 11 ta raketa tizimini yo‘qotdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240825/ukraine-qurolli-kuchlar-kursk-300-odam-45367577.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/1e/44987670_232:0:2963:2048_1920x0_80_0_0_1115c0033ac85dd62a755684f0620cf5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
alaudinov kursk viloyati asir ukraina qurolli kuchlari
alaudinov kursk viloyati asir ukraina qurolli kuchlari
Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni ortmoqda
Alaudinov: Kursk viloyatida asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari jangarilari soni o‘sishda davom etmoqda.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Kursk viloyatida rus bo‘linmalari tomonidan asirga olingan Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari soni o‘sishda davom etmoqda, ularning bir qismi ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lmoqda. Bu haqda “Ahmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy-siyosiy bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Apti Alaudinov
RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Bizning bo‘linmalarimiz ushbu hududda asirlarni olishda davom etmoqda, ularning bir qismi o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lmoqda. Ular qiziqarli narsalarni aytib berishmoqda. Bizga qarshi chiqayotgan har bir kishini ulardan o‘rnak olishga va o‘z jonini saqlab qolishga chaqiraman”, — deydi Alaudinov.
Agentlik suhbatdoshining aniqlik kiritishicha, asirlarni ham “Ahmat” maxsus bo‘linmasi, ham Rossiya Qurolli kuchlarining bir-biri bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilayotgan boshqa bo‘linmalari harbiy xizmatchilari olib ketishadi.
Eslatib o‘tamiz, 6-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi, ularning yurishi to‘xtatildi. Rossiya Mudofaa vazirligining 25-avgust kuni xabar berishicha, Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 5800 dan ortiq odam, 72 tank va 11 ta raketa tizimini yo‘qotdi.