https://oz.sputniknews.uz/20240825/pavel-durov-parij-hibs-45363734.html
Pavel Durov Parijda hibsga olindi
Pavel Durov Parijda hibsga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olindi, deya xabar berdi mamlakat ommaviy axborot vositalari.
2024-08-25T10:03+0500
2024-08-25T10:03+0500
2024-08-25T10:03+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
fransiya
telegram
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1e/44596867_0:370:960:910_1920x0_80_0_0_6624702d40c6fd4ae52eb78d0da98d97.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olindi, deya xabar berdi mamlakat ommaviy axborot vositalari. Shanba kuni kechqurun fransuz OAVlari Telegram asoschisi Pavel Durov Le- Burje aeroportida hibsga olingani haqida xabar berdi. Matbuotining yozishicha, Fransiya fuqaroligiga ega Durov mamlakatda qidiruvga berilganlar ro‘yxatida bo‘lgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya adliyasi Durovni bir qancha sabablarga ko‘ra, jumladan Telegram'ning mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli jinoyatlarga aloqador deb hisoblaydi. Fransiya rasmiylari tomonidan Durovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan order faqat tadbirkor Fransiyaga yetib kelgan taqdirdagina faollashtirilishi kerak edi. Durov o‘zining Fransiyada qidiruvga berilgani haqida bilar edi, biroq baribir mamlakatga uchib kelgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV o‘z nomini oshkor etmagan tergovchiga tayanib.OAV tadbirkorga terrorizm, narkotik moddalar savdosi, firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblangan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda.Durov bu mamlakatda 20-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova mazkur voqeani Rossiya elchixonasi nazoratga olganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240630/uzbekistan-telegram-durov-44596601.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/1e/44596867_0:280:960:1000_1920x0_80_0_0_2fb1bf6a1848534157b59291e2ac42c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
telegram asoschisi pavel durov parij hibs
telegram asoschisi pavel durov parij hibs
Pavel Durov Parijda hibsga olindi
Ma’lumotlarga ko‘ra, u huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishni istamagan.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Telegram asoschisi Pavel Durov Parijda hibsga olindi, deya xabar berdi mamlakat ommaviy axborot vositalari.
Shanba kuni kechqurun fransuz OAVlari Telegram asoschisi Pavel Durov Le- Burje aeroportida hibsga olingani haqida xabar berdi. Matbuotining yozishicha, Fransiya fuqaroligiga ega Durov mamlakatda qidiruvga berilganlar ro‘yxatida bo‘lgan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya adliyasi Durovni bir qancha sabablarga ko‘ra, jumladan Telegram'ning mamlakat rasmiylari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani sababli jinoyatlarga aloqador deb hisoblaydi.
Fransiya rasmiylari tomonidan Durovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan order faqat tadbirkor Fransiyaga yetib kelgan taqdirdagina faollashtirilishi kerak edi.
“Qidiruv buyrug‘i faqat shaxs Fransiya hududiga yetib kelgan taqdirdagina faollashtirildi”, — deb yozadi OAV.
Durov o‘zining Fransiyada qidiruvga berilgani haqida bilar edi, biroq baribir mamlakatga uchib kelgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAV o‘z nomini oshkor etmagan tergovchiga tayanib.
OAV tadbirkorga terrorizm, narkotik moddalar savdosi, firibgarlik va jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblangan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda.
Durov bu mamlakatda 20-yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova mazkur voqeani Rossiya elchixonasi nazoratga olganini ta’kidladi.