Musulmon ilmlari bo‘yicha eng ko‘p olimlar aynan O‘zbekistonda jamlangan — muftiy
© SputnikUchenie s mirovim imenem govorat o nasledii Uzbekistana
© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro kongress Samarqandda dunyoga mashhur olim va mutaxassislarni birlashtirdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Samarqanddagi Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU)ning “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Kongressda 35 mamlakatdan 300 ga yaqin olimlar, jumladan, 15 nafar akademik, 40 nafar professor va dotsent, 103 nafar fan doktori, 54 nafar muzey va kutubxona direktori, 5 nafar oliy o‘quv yurtlari rektori, 5 ta nashriyot direktorlari, xalqaro ilmiy-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari va boshqa mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Kongressning yalpi majlisidagi ma’ruzalarda nafaqat O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish va asrab-avaylash, balki uni jahon miqyosida e’tirof etish zaruriyati haqida ham so‘z bordi.
© SputnikUchenie s mirovim imenem govorat o nasledii Uzbekistana
Uchenie s mirovim imenem govorat o nasledii Uzbekistana
© Sputnik
“Sakkizinchi bor o‘tkazilayotgan ushbu kongress shunchaki navbatdagisi emas. Bu avvalgilaridan sezilarli darajada farq qiladi, chunki katta tajriba to‘plangan. Nashr qilish uchun yangi narsalarni topish tobora qiyinlashib bormoqda. Lekin gap bunda emas, balki mamlakatingizning madaniy merosi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘plangan tajriba tufayli O‘zbekiston musulmon sivilizatsiyasida naqadar muhim o‘rin egallashini anglash vaqti kelganidadir”, — dedi Rossiya davlat sharq san’ati muzeyi bosh ilmiy xodimi Yekaterina Yermakova.
Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari, Moskva islom instituti rektori Damir Muxetdinov ham o‘tmishda zamonaviy O‘zbekiston hududida yashab o‘tgan ko‘plab buyuk allomalar jahon sivilizatsiyasida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirganini ta’kidladi. Gap Abu Rayhon Beruniy, Muhammad al Xorazmiy, Ibn Sino va boshqalar haqida ketmoqda.
“O‘zbekistonda bo‘lgani kabi bir joyda to‘plangan ko‘plab nufuzli olimlarni boshqa joyda uchratib bo‘lmaydi. Muhammad payg‘ambarning sahobalari - dunyo bo‘ylab tarqalgan ulug‘vor olimlarning barcha boyliklari bilan – musulmon ilmlari bo‘yicha eng ko‘p olimlar aynan O‘zbekistonda – Buxoro, Samarqandda jamlangan”, — dedi Damir Muxetdinov.
Seksiyalar davomida O‘zbekiston madaniy merosining jahon sivilizatsiyasiga ta’siri haqida hikoya qiluvchi bir qator qiziqarli mavzular taqdim etildi va muhokama qilindi. Jumladan, Buyuk Britaniyalik ijtimoiy tadbirkor va transmedia mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Ahmad Salimi butun dunyo uchun O‘zbekistonning 1001 ixtirosi haqida hikoya qiluvchi loyihasini taqdim etdi. Gretsiyalik ekspert, Korfu Osiyo san’ati muzeyi direktori Despina Zerniotining Gretsiyada o‘zbek merosi qanday saqlanishi haqida so‘zlagan nutqi ham qiziqarli bo‘ldi.
© SputnikUchenie s mirovim imenem govorat o nasledii Uzbekistana
Uchenie s mirovim imenem govorat o nasledii Uzbekistana
© Sputnik
Samarqanddagi Kongressning birinchi kunida ko‘plab mavzuli muhokamalar, taqdimotlar va memorandum imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi.
Forum ishi davom etmoqda.