https://oz.sputniknews.uz/20240825/mehnat-migratsiya-uzbekistan-hungary-hamkorlik-45364271.html
Mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston va Vengriya hamkorlikni kengaytirmoqchi
Mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston va Vengriya hamkorlikni kengaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Vengriya kompaniyasi bilan muzokara o‘tkazdi. 25.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-25T14:16+0500
2024-08-25T14:16+0500
2024-08-25T14:16+0500
migratsiya
o‘zbekiston
vengriya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28748226_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_e472a9cacd097c07938557197c2a8ff3.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi, deya xabar berdi “Dunyo” AA. O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi diplomatlari "Doğuş" kompaniyasi bosh operatsion direktori bilan onlayn shaklda muzokara o‘tkazishdi. Muhokama etilgan masalalar: Aytilishicha, muzokaralar yakunida tomonlar migratsiya yo‘nalishida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib olishdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarishda tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishi ma’lum qilingan edi. Malayziya tomoni, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonning vakolatli organlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/03/28748226_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_01d11ae3c236ac50feb6a57a5c21d479.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, o‘zbekiston, vengriya, migrantlar
migratsiya, o‘zbekiston, vengriya, migrantlar
Mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston va Vengriya hamkorlikni kengaytirmoqchi
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi Vengriya kompaniyasi bilan muzokara o‘tkazdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Vengriya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqchi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi diplomatlari "Doğuş" kompaniyasi bosh operatsion direktori bilan onlayn shaklda muzokara o‘tkazishdi.
Muhokama etilgan masalalar:
migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
mehnat migratsiyasini tashkil etishning asosiy jihatlari;
ishchilarni tanlash va joylashtirish jarayonlarini takomillashtirish;
migrantlarni yangi mamlakatda moslashuvini qo‘llab-quvvatlash.
"O‘zbekistonga bir necha bor bo‘lganman va respublika menda nihoyatda ijobiy taassurot qoldirgan. O‘zbekistonlik mutaxassislarning yuqori malakasi va mehnatsevarligi ularni xalqaro kompaniyalar uchun muhim hamkorga aylantirmoqda", dedi kompaniya bosh operatsion direktori.
Aytilishicha, muzokaralar yakunida tomonlar migratsiya yo‘nalishida qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziya xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarishda tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishi ma’lum qilingan edi. Malayziya tomoni, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazlarini boshqarish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonning vakolatli organlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga
tayyorligini bildirdi.