Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Rossiyadan yangi sayyohlarni jalb qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz — ekspert

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Turizm qo‘mitasi vakiliga ko‘ra, O‘zbekistondan Rossiyaga maqsadli sayyohlar oqimi ham ortib bormoqda.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Rossiyadan yangi sayyohlarni jalb qilish uchun, oqim oshishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz. Bu haqda Turizm qo‘mitasining marketing tadqiqotlari va milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Aziz Mirjalilov Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiya O‘zbekiston uchun strategik turizm bozori hisoblanadi. O‘zbekiston yiliga 1 mln rossiyalik sayyohni jalb etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Aziz Mirjalilovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston uchun strategik turizm bozori hisoblanadi. Siyosat, iqtisod, madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarida ko‘plab aloqalarimiz bor, turizm masalalari esa alohida mavzuni egallaydi.
“Bilamizki, rossiyalik sayyohlar mamlakatimizga katta mamnuniyat bilan tashrif buyurishadi. Ta’kidlash joizki, sayyohlar oqimi yil sayin ortib bormoqda. Agar o‘tgan yili mamlakatimizga 720 mingga yaqin rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2024-yil yanvar-iyul yakunlariga ko‘ra, 400-450 mingga yaqin rossiyalik kelgan”, — dedi Mirjalilov.
Uning fikricha, bu o‘tgan yilgi natijadan o‘tib, yuqoriroq darajaga yetishidan dalolat beradi.
“Biz mamnuniyat bilan qayd etamizki, bu oqim yildan yilga ortib bormoqda va Rossiyadan yangi sayyohlarni jalb qilish uchun, oqim oshishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz”, — dedi ekspert.
Aytilishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga maqsadli sayyohlar oqimi ham ortib bormoqda. Sayyohlar Rossiyani, shaharlarni, rus tarixi, rus madaniyatini o‘rganish maqsadida borishmoqda. Hozirda bu oqim ham har yili ortib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0