Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina QKda nechta "Abrams" tanklari qolgani ma’lum qilindi

© Foto : U.S. Army/Spc. JD SacharokTank M1 Abrams na poligone v Fort-Irvine, Kaliforniya
Tank M1 Abrams na poligone v Fort-Irvine, Kaliforniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2024
Obuna bo‘lish
AQSh hali yangi Abrams tanklarini yetkazib berish rejalarini e’lon qilmagan.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Olti oy davomida Ukraina Qurolli kuchlari yetkazib berilgan 31 ta Amerikaning "Abrams" tankidan taxminan 20 tasini yo‘qotdi, deb yozadi “Military Watch Magazine” nashri.

“Yaqinda bittasining yo‘q qilinishi bilan Ukrainada yo‘qolgan "M1A1 Abrams" tanklarining umumiy soni yetkazib berilgan 31 ta tankdan taxminan 20 tasini tashkil etdi, barcha yo‘qotishlar so‘nggi olti oy ichida sodir bo‘ldi”, — deyiladi materialda.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Yevropa ittifoqchilari o‘z modellarining yo‘q qilinganlarini to‘ldirishga tayyor bo‘lsa-da, AQSh hali yangi "Abrams" tanklarini yetkazib berish rejalarini e’lon qilmagan.
Bir kun avval “Axmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni, Rossiya Mudofaa vazirligi harbiy-siyosiy bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Apti Alaudinov Kursk viloyatida rossiyalik harbiy xizmatchilar tomonidan yana bir Amerika tankiga zarar yetgani haqida xabar bergan edi.
Boyevaya rabota reaktivnoy artilleriyskoy batarei SVO na Krasnolimanskom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXRda Mejevoyeni ozod qilishdi
Yangiliklar lentasi
0