https://oz.sputniknews.uz/20240823/toshkent-international-inclusive-hub-45329845.html
Toshkentda "International Inclusive Hub" ochildi
Toshkentda "International Inclusive Hub" ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Hozirgi bosqichda xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi. Bu maskan yoshlarning abilitastiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli ta’lim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi.
2024-08-23T09:46+0500
2024-08-23T09:46+0500
2024-08-23T10:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
ijtimoiy himoya milliy agentligi
ta’lim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/17/45329197_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1965bd3223a41c8969fc33fc0438ebc7.jpg
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkentda "International Inclusive Hub" ochildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Hozirgi bosqichda xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi. Bu maskan yoshlarning abilitastiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli ta’lim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi. Loyiha prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda "Zamin" fondi tomonidan amalga oshirilmoqda. Xab - bu inklyuziv O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning akseleratori bo‘lib, milliy, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan platforma.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/17/45329197_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_bf4c3d927f605296ae1e651884ae9683.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent international inclusive hub
toshkent international inclusive hub
Toshkentda "International Inclusive Hub" ochildi
09:46 23.08.2024 (yangilandi: 10:19 23.08.2024) Xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Toshkentda "International Inclusive Hub" ochildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati
xabar berdi. Hozirgi bosqichda xabda kasbga yo‘naltirilgan ta’lim dasturlari amalga oshiriladi va sinovdan o‘tkaziladi. Bu maskan yoshlarning abilitastiyasi, reabilitatsiyasi va jamiyatga moslashishi maqsadida ularga sifatli ta’lim olish, iqtidorlarini namoyon etish, zamonaviy hamda istiqbolli kasblarni tanlashda teng imkoniyatlar yaratadi.
“Yuqori darajadagi tayyorgarlikni aniq va gumanitar fanlar, IT sohasi bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlar, shuningdek, taniqli san’at arboblari, moda, fotografiya, kino, tasviriy san’at va boshqa ijodiy yo‘nalishlar ustalaridan iborat o‘qituvchilar tarkibi ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu yerda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boriladi”, - deyiladi xabarda.
Loyiha prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda "Zamin" fondi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Xab - bu inklyuziv O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning akseleratori bo‘lib, milliy, xalqaro va jamoat tashkilotlarini birlashtirgan platforma.