https://oz.sputniknews.uz/20240821/uzbekistan-kyrgyzstan-atto-karta-45307279.html
Endi O‘zbekistonning ATTO kartalaridan Qirg‘izistonda foydalanish mumkin bo‘ladi
Endi O‘zbekistonning ATTO kartalaridan Qirg‘izistonda foydalanish mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda jamoat transportlariga ATTO orqali to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi.
2024-08-21T16:12+0500
2024-08-21T16:12+0500
2024-08-21T16:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15191154_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_8eb976d6ecee7b8c093a6f770b3ee89e.jpg
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Endi O‘zbekistonning avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori (ATTO) kartalaridan Qirg‘izistonda foydalanish mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi operator matbuot xizmati. Qirg‘izistonning “Tulpor” kompaniyasi va ATTO hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjatga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda jamoat transportlariga ATTO orqali to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi. Qayd etilishicha, faol rivojlanayotgan turizm sharoitida bunday hamkorlik ikki mamlakat aholisining sayohatlarini yanada qulay qiladi. Tizimlararo integratsiya ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15-may kunidan boshlab poytaxtda joylashgan barcha transport karta sotish shahobchalari faoliyati to‘xtatildi. Endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari UzPost aloqa bo‘limlarida amalga oshiriladi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0f/15191154_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_6b10d00cd8f1a8c77840677f7e034d05.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qirg‘iziston jamoat transporti atto to‘lov
o‘zbekiston qirg‘iziston jamoat transporti atto to‘lov
Endi O‘zbekistonning ATTO kartalaridan Qirg‘izistonda foydalanish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda jamoat transportlariga ATTO orqali to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Endi O‘zbekistonning avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori (ATTO) kartalaridan Qirg‘izistonda foydalanish mumkin bo‘ladi, deya xabar berdi operator
matbuot xizmati. Qirg‘izistonning “Tulpor” kompaniyasi va ATTO hamkorlik memorandumini imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda jamoat transportlariga ATTO orqali to‘lov qilishi mumkin bo‘ladi.
“Tulpar va ATTO hamkorlik memorandumini imzolagan bo‘lib, uning maqsadi ikki davlat shaharlaridagi jamoat transportida to‘lovlarni o‘zaro qabul qilish imkoniyatidir. Tez orada Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab sayohat haqini Tulpar kartalari bilan, O‘zbekiston fuqarolari esa Bishkekda ATTO kartalari orqali to‘lashlari mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, faol rivojlanayotgan turizm sharoitida bunday hamkorlik ikki mamlakat aholisining sayohatlarini yanada qulay qiladi.
Tizimlararo integratsiya ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 15-may kunidan boshlab poytaxtda joylashgan barcha transport karta sotish shahobchalari faoliyati to‘xtatildi. Endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari UzPost aloqa bo‘limlarida amalga oshiriladi.