Toshkent viloyatida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaVinograd
Vinograd  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
Obuna bo‘lish
“Uzum sayli” 23-24 avgust kunlari Parkent tumanida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida “Uzum sayli” xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi turizm qo‘mitasi.
Toshkent viloyatining eno va agroturizm salohiyatini namoyon etish maqsadida 23-24 avgust kunlari Parkent tumanida “Uzum sayli” xalqaro festivali o‘tkaziladi.
“Tadbirning asosiy maqsadi sayyohlar oqimini oshirish, uzumchilik va vinochilik yo‘nalishida tajriba almashinish, eko turizm mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish hamda xorijiy sarmoyalarni respublikaga jalb qilishga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.
Festivalda respublikaning barcha viloyatlaridan fermer xo‘jaliklari, ekoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi.
Tadbirda qishloq ho‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘tkaziladi.
Festivalning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli madaniy dastur o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili respublika bo‘yicha 182,1 ming gektar (107 ming hosilli) tokzorlar mavjud bo‘lgan. 2021-2023 yillarda 88,3 ming gektar, shundan 2023-yilda 14,4 ming gektar uzumzorlar barpo etildi.
O‘zbekistondagi eng mashhur uzumzorlar. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2023
Rossiyadan ham mijozlar keladigan O‘zbekistondagi eng mashhur uzumzorlar — video
Yangiliklar lentasi
0