MSK siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berdi

© Sentralnaya izbiratelnaya komissiya Respubliki UzbekistanFlagi politicheskix partiy Uzbekistana
Flagi politicheskix partiy Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
Obuna bo‘lish
MSK: har bir siyosiy partiya 40 mingdan ortiq haqiqiy imzo to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berildi, deya xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.
Markaziy saylov komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Saylovda ishtirok etish uchun quyidagi siyosiy partiyalarga ijozat berildi:
1.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasiga;
2.
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasiga;
3.
O‘zbekiston Ekologik partiyasiga;
4.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasiga;
5.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasiga.
Qayd etilishicha, 16-avgust kuni mazkur partiyalardan saylovda ishtirok etishga ijozat berish to‘g‘risidagi arizalar “E-saylov” axborot tizimi orqali Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan.
Siyosiy partiyalarning arizalari taqdim etilgan kunning o‘zida ularning vakolatli vakillari o‘z partiyalarining saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzosi qo‘yilgan imzo varaqalarini ham topshirishdi.
Imzo varaqalari 33 nafardan iborat ekspertlar guruhlari tomonidan tekshirib chiqildi. Natijalarga ko‘ra har bir siyosiy partiya 40 mingdan ortiq haqiqiy imzo to‘plashga muvaffaq bo‘lganligi aniqlandi.
Ma’lumot uchun, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Protsess golosovaniya na prezidentskix viborax v posolstve Uzbekistana v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.07.2024
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
O‘zbekistonda parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar qanday o‘tadi?
Yangiliklar lentasi
0