Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya O‘zbekiston bilan tashqi savdo bo‘yicha YeOII davlatlari orasida yana yetakchiga aylandi

Obuna bo‘lish
2024 yilning yanvar-iyul oylarida YeOIIning O‘zbekiston JST umumiy hajmidagi ulushi 26,9 foizni tashkil etdi.
Respublikaning YeOIIga a’zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi ko‘rib chiqilayotgan davrda 9913,1 million dollarni, shundan eksport hajmi 3230,5 million dollarni, import hajmi 6682,5 million dollarni tashkil etdi.
Rossiya O‘zbekiston bilan tashqi savdo hajmi bo‘yicha YeOII davlatlari orasida yetakchi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi 2024-yilning yetti oyidagi JST umumiy ko‘rsatkichi 6,8 milliard dollarga yetdi.
Shuningdek, Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondan YeOII mamlakatlariga eksportning umumiy ulushi import ulushidan 51,7 foizga past.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0