Biznes, raqobat, javobgarlik va islom moliyasi: tadbirkorlar uchun yangi tashabbuslar

© iStock / ktasimarrDelovie lyudi. Arxivnoe foto
Delovie lyudi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
Obuna bo‘lish
Nukusda O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti davomida beshta yo‘nalishda yangi tashabbuslar aytib o‘tildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Nukuse sostoyalsya ocherednoy otkritiy dialog prezidenta Respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami.
V Nukuse sostoyalsya ocherednoy otkritiy dialog prezidenta Respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
V Nukuse sostoyalsya ocherednoy otkritiy dialog prezidenta Respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami.

Birinchi yo‘nalish – kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko‘paytirish.

Endi kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so‘mga yetkaziladi. Bunda, kreditning 100 million so‘mgacha bo‘lgan qismiga garov talab qilinmaydi.
Ikkinchidan, mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davom ettiriladi. Ularga joriy yildagi 1,6 trillion so‘mga qo‘shimcha 1 trillion so‘m resurs ajratiladi.
Bundan tashqari, Mikrokreditbank ham o‘zining mikromoliya tashkilotlari orqali yil yakunigacha yana 1 trillion so‘m jalb qiladi. Ustav kapitali kamida 50 milliard so‘m bo‘lgan mikromoliya banklari tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilib, tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish va litsenziya asosida to‘lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Uchinchidan, prezidentning shu yil 12-avgustdagi farmoniga muvofiq, faktoring tashkiloti uchun keng yo‘l ochildi. Endi ular xorijiy valyutada ham xizmat ko‘rsatadi. Bu bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilib, unda tadbirkorlar o‘ziga qulay moliyaviy mahsulotni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Umuman, tadbirkorlarga aylanma uchun 20 trillion so‘m, eksportchi korxonalarga 1 milliard dollar qo‘shimcha moliyaviy resurslar paydo bo‘ladi.
To‘rtinchidan, islom moliyasiga doir qonun ishlab chiqiladi. Bu yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilishi, ko‘p investorlar kirib kelishi va 5 milliard dollarlik qo‘shimcha resurs paydo bo‘lishiga turtki beradi.
Beshinchidan, davlat jalb qilgan mablag‘larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bunday mablag‘larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buni hisobidan kamida 30 trillion so‘mni xususiy biznesga yo‘naltiradi.

Ikkinchi yo‘nalish – biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan ta’minlash.

Ochiq muloqot doirasida kelib tushgan 2 mingta murojaat yer va infratuzilma bilan bog‘liq. Yangi investitsiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayapti.
Shu bois endi tadbirkor auksiondan yer sotib olganda, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi. Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa, o‘n yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Ikkinchidan, endi yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha bo‘lgan muddatlar majburiy ko‘rsatiladi.
Uchinchidan, har bir yer uchastkasi uchun asosiy faoliyat turini qaysilariga almashtirish mumkinligi, qanday yordamchi inshootlarni joylashtira olishi aniq belgilab beriladi. Buning uchun 1-yanvardan yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori joriy etiladi.
To‘rtinchidan, sanoat korxonalariga elektr va tabiiy gaz bo‘yicha cheklovlar qisqartiriladi. Ya’ni, elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham, bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi. Shuningdek, endi “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.

Uchinchi yo‘nalish – ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish.

Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni davom ettirilib, raqobat rivojlantiriladi. Bu borada metallurgiya, kimyo, energetika va telekommunikatsiya tarmog‘ida eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.
Endi korporativ xaridlarda ishlab chiqarish uchun olinadigan mahsulotlarga ham narx ustuvorligi bekor qilinadi. Bundan buyon, hech kimda alohida huquq bo‘lmaydi, xoh davlat strategik korxonasi bo‘lsin, xoh xususiy korxona yoki xorijiy investor bo‘lsin, iqtisodiyotda barcha teng sharoitda ishlaydi.
Ikkinchidan, tarmoqlarni rivojlantirishga berilgan mablag‘dan 200 million dollari eksportoldi moliyalash uchun yo‘naltiriladi. Shundan, 50 million dollari bank kreditlari uchun kafillikka beriladi. Bu mablag‘lar hisobidan bir yil ichida qo‘shimcha 1 milliard dollar eksport bo‘ladi.
Uchinchidan, yuk tashish bo‘yicha “E-logistika” platformasi ishga tushirilib, eksportchilar uchun qaysi korxonada qancha ruxsatnoma borligini ko‘rish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.
To‘rtinchidan, endi chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda, shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaydi.
Bundan buyon, bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron ma’lumoti qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.
Beshinchidan, chet elda biznes qilib, katta tajriba orttirgan vatandoshlarimiz bilan eksportchi korxonalar hamkorligi kengaytiriladi.
Oltinchidan, davlat xaridida mahalliy mahsulot ulushini oshirish rag‘batlantiriladi. Jumladan, energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yo‘l kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi. Mahalliy korxonalar esa, ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yo‘naltiriladi.
Yettinchidan, hududiy elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy sektor jalb etiladi. Xususan, oktabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo‘yicha tender e’lon qilinadi. Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.
Sakkizinchidan, yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi. Qurilishda qum-shag‘alga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.

To‘rtinchi yo‘nalish – xizmatlar sohasiga yangi turtki berish.

O‘zbekistonda band aholining 52 foizi xizmatlar sohasida ishlayapti. Endi barcha jabhada sun’iy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT-parkda sun’iy intellekt markazi ochiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.
Ikkinchidan,startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimi yaratiladi. Buning uchun venchur jamg‘armalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.
Uchinchidan, xizmatlarni mahalliylashtirish maqsadida bir yil ichida 3 ming mutaxassis Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi. Yirik korxonalarga servis ko‘rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturi ishlab chiqiladi.
To‘rtinchidan, 1-yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismi tadbirkorga “keshbek” sifatida qaytarib beriladi. Bunday soliq to‘lashga o‘tgan restoran va kafelarga foyda solig‘i 2 karra kamayadi.
Bundan tashqari, 1-dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzib, ishlashi mumkin bo‘ladi.
Beshinchidan, endi 1-oktabrdan, xuddi Tadbirkorlik reytingi kabi, “Shaffof qurilish” tizimini tadbirkorlarning o‘zi yuritadi. Konsalting markazlari funksiyalari to‘liq xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Beshinchi yo‘nalish – biznes uchun to‘siq va g‘ovlarni yanada qisqartirish.
Birinchidan, tadbirkorlik uchun to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida aholining hayoti va sog‘lig‘iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi. Unda yo‘q mezon bo‘yicha tadbirkor faoliyatini to‘xtatgan mansabdor javobgarlikka tortiladi.
Ikkinchidan, tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortish yanada liberallashadi.
Uchinchidan, endi kredit qaytmasa, garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin, uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadi. Qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam bo‘lsa, undiruv mulkka qaratilmaydi. Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi.
To‘rtinchidan, endi yer savdosidan tushgan mablag‘lar avvalo, bino buzilishi bo‘yicha tadbirkorlardan qarzni so‘ndirishga qaratiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNukus shahrida O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
V Nukuse sostoyalsya ocherednoy otkritiy dialog prezidenta Respubliki Uzbekistan s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2024
Nukus shahrida O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
“Prezident bu yilgi ochiq muloqot aynan Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilayotganiga e’tibor qaratib, bu yerda tadbirkorlik qilish afzalligini aytdi. Xususan, Qoraqalpog‘istonda biznes uchun birorta hududda yo‘q 50 dan ortiq imtiyozlar berilgan. Qoraqalpog‘istonda yer ajratishni sodda tizimi joriy etilgan. Bu hudud katta bozorlarga chiqish uchun ham qulay”, — deyiladi xabarda.
Ushbu imkoniyatlarni samarali ishga solish maqsadida “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturi qabul qilinishi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0