O‘zbekiston eksport hajmini oshirdi: davlatlar ichida Rossiya yetakchilik qilmoqda

© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovKonteyneri v JD stansiya
Konteyneri v JD stansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Obuna bo‘lish
Shu yilning yetti oyida respublikaning xorijga yetkazib berishdan tushgan daromadi 10,5 milliard dollarni tashkil etdi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Shu yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 10,5 milliard dollarlik mahsulot (oltindan tashqari) va xizmatlar eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga ko‘pdir. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
“2024 yilning yanvar-iyul oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston 10,5 milliard dollarlik mahsulot (oltindan tashqari) va xizmatlar eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga yoki 1,2 milliard dollarga ko‘pdir”, — deyiladi xabarda.
Quyidagilar eksporti oshdi:
mis mahsulotlari — 38 foizga (+53 million dollar);
kabel mahsulotlari — 13 foizga (+25 million dollar);
meva-sabzavot mahsulotlari — 24 foizga (+152 million dollar);
karbamid — 2,7 marta (+51 million dollar);
qurilish materiallari — 48 foizga (+45 million dollar);
zargarlik buyumlari — 74 foizga (+10 million dollar);
turizm — 31 foizga (+404 million dollar);
transport xizmatlari — 28 foizga (+248 million dollar).
Aytilishicha, 18 ta davlatga eksport hajmining jadal o‘sishi hisobiga 1,1 milliard dollarlik qo‘shimcha eksport ta’minlandi. Xususan, Rossiyaga – 28 foizga (+465 million dollar).
Shuningdek, Fransiya 2 barobarga (+241 million dollar), Afg‘oniston - 19 foizga (+89 million dollar), AQSh - 2,2 barobarga (+101 million dollar), BAA - 42 foizga (+56 million dollar) oshgan.
Yangiliklar lentasi
0