Endi Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishni nazorat qiladi

Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi
Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva va Tursinxan Xudaybergenovga yangi vazifa yuklatildi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaga Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish va hududni rivojlantirish bo‘yicha nazorat yuklatildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi
Proanalizirovani vozmojnosti Karakalpakstana i opredeleni dalneyshie zadachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi
"Qoraqalpog‘istonning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov zimmasiga yuklatildi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Osiyo taraqqiyoti bankidan jalb qilingan 274 million dollar hisobidan “Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘nalishidagi 240 kilometr magistral yo‘l yaqin kunlarda ishga tushadi.
Orol bo‘yidagi iqlim sharoitini yaxshilash bo‘yicha ham juda katta dastur boshlangan. So‘nggi yetti yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,9 million gektarda yashil qoplamali o‘rmonzorlar barpo etildi. Ekotizimni yaxshilash, sho‘rlangan, suvsiz muhitda yangi nav va urug‘larni yaratish uchun Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi.
“Yaqinda qishloq xo‘jaligini iqlimga moslashtirish dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Orol bo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 million dollar beriladi. Ushbu mablag‘lar 100 ming gektar yaylovni degradatsiyadan chiqarish, tuproq-iqlimga mos kunjut va qovun navlarini yetishtirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlashga beriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Yil boshidan beri Qoraqalpog‘istonga 1 million 300 ming sayyoh kelgan. Lekin, mehmonxona o‘rinlari kam. Agar yer berilsa, tadbirkorlar zamonaviy mehmonxona va kongress xoll qurish istagini bildirgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi
Proanalizirovani vozmojnosti Karakalpakstana i opredeleni dalneyshie zadachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Qoraqalpog‘istondagi imkoniyatlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Nukus shahrida joylashgan “Achchiqko‘l” atrofidagi 20 gektarda turar joy, zamonaviy mehmonxona va dam olish maskanlarini tashkil qilish mumkin.
Do‘stlik va Kegeyli kanallari, Xo‘jaylidagi “Tasli jap” va “Shirin jap” kanallari bo‘yida savdo va ko‘ngilochar maskan tashkil etsa bo‘ladi.
Amudaryo, To‘rtko‘l, Beruniyda ham turistlarni jalb qilish bo‘yicha juda katta salohiyat bor.
“G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘li bo‘yidagi 140 gektar yerda 300 ta savdo va servis obyektini joylashtirsa bo‘ladi.
Ellikqal’ada zamonaviy bozor qurilsa, savdo va xizmatlar ko‘payadi.
Qoraqalpog‘istondagi yer ajratishni soddalashgan tizimi iqtisodiy zona hududi uchun ham joriy qilinsa, bu yerda 320 million dollarlik loyihalarni joylashtirsa bo‘ladi.
Investorlar Qorao‘zakdagi “Qoybaq” mahallasidagi 500 gektarda qo‘ychilikka ixtisoslashgan klasterni ishga tushirish uchun 10 million dollar sarmoya kiritishga tayyor. Bu klasterda 10 ming bosh qo‘y boqilib, 100 tonna go‘sht yetishtiriladi.
Qoraqalpog‘istonda bu yil boshlasa bo‘ladigan 1,9 milliard dollarlik 103 ta yirik loyiha shakllantirilgan. Tarmoqlar yo‘nalishida ham bir yil ichida jami 275 million dollarlik 14 ta loyiha ishga tushiriladi. Umuman, yana 9,5 milliard dollarlik 120 dan ziyod istiqbolli loyihalar tayyorlangan.
"Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan ishlab, har bir tuman kesimida “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturini tayyorlash vazifasi qo‘yildi", —deyiladi xabarda.
Bu dastur Qoraqalpog‘istonda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlarni rivojlantirish uchun yangi nafas, kamida 10 milliard dollarlik investitsiya va 500 ming ish o‘rni uchun katta zamin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0