Rossiya opera ustalari Toshkentdagi Katta teatrning yangi mavsumini ochib beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSimfonicheskiy konsert — Open Air "Noch serenad, klassiki i roka"
Simfonicheskiy konsert — Open Air Noch serenad, klassiki i roka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Obuna bo‘lish
Sentabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining 95-mavsumi ochiladi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Rossiyaning Mariinskiy teatri solistlari Inara Kozlovskaya va Vacheslav Vasilev 5-sentabr kuni Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrining 95-mavsumi ochilishida chiqish qiladi, deya xabar berdi teatr matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 5-sentabr kuni soat 19.30da “Toshkent osmoni ostidagi musiqa feyeriyasi” yangi 95-teatr mavsumining ochilishi munosabati bilan mahalliy va xorijiy yulduzlar ishtirokida Open air oqshomi bo‘lib o‘tadi. Ular orasida Mariinskiy teatri solistlari Inara Kozlovskaya va Vacheslav Vasilev ham bor.
Shuningdek, 8-sentabr kuni yangi mavsum repertuaridan Puchchinining “Toska” operasi spektakli ham joy olgan. Dirijor Moskva akademik musiqali teatridan Arif Dadashev.
Rossiyalik opera rejissori Konstantin Kaminin 13-sentabr kuni Toshkent teatri sahnasida Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operasi premyerasini taqdim etadi.
Gosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.08.2024
Toshkentda Xalqaro teatr festivali bo‘lib o‘tadi — namoyish etiladigan spektakllar ro‘yxati
Yangiliklar lentasi
0