Moskva va Toshkent viloyatlari ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashadi

© Press-slujba gubernatora i pravitelstva Podmoskovya.Podmoskovye i Tashkentskaya oblast budut obmenivatsya opitom v sfere obrazovaniya
Podmoskovye i Tashkentskaya oblast budut obmenivatsya opitom v sfere obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatidagi o‘qituvchilar Rossiyaning ta’lim tizimi bilan tanishdi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobov va Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov ilg‘or ta’lim tajribasini almashishga kelishib olishdi. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori va hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Moskva viloyatiga O‘zbekistondan katta delegatsiya keldi, ular orasida ta’lim sohasi vakillari – maktab direktorlari va o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim muassasalari direktorlari ham bor edi.
Ta’kidlanishicha, Moskva viloyatida uchta ta’lim klasteri tashkil etilgan, ularda mamlakatning barcha hududlaridan kelgan iqtidorli bolalar eng yaxshi o‘qituvchilar rahbarligida tahsil olmoqda.
Moskva viloyatining ta’lim muassasalarida "To‘liq kunlik maktab" standarti qo‘llaniladi. Infratuzilma tufayli qo‘shimcha ta’lim rivojlanmoqda - bolani nafaqat dars vaqtida, balki darsdan keyin ham - turli to‘garaklar va seksiyalarda band qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
© Press-slujba gubernatora i pravitelstva Podmoskovya.Podmoskovye i Tashkentskaya oblast budut obmenivatsya opitom v sfere obrazovaniya
Podmoskovye i Tashkentskaya oblast budut obmenivatsya opitom v sfere obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Podmoskovye i Tashkentskaya oblast budut obmenivatsya opitom v sfere obrazovaniya
“Men Yangiyo‘l shahridagi 2,7 ming bola tahsil olayotgan 10-maktab direktoriman.Biz ikki smenada ishlaymiz. Mashg‘ulotlarning 50 foizi o‘zbek tilida, 50 foizi rus tilida olib boriladi. Sizlardagi ayrim jarayonlarni o‘zimizda ham qo‘llashni xoxlar edim. Masalan, to‘liq kunlik maktab, chunki ko‘plab ota-onalar hozir ish bilan band. Darsdan tashqari vaqtlarda ham bolalarni nimadir bilan band qilishga harakat qilyapmiz”, — deydi Gulnora Axmatgaleyeva.
Tomonlar ta’lim sohasida o‘zaro aloqalar va hamkorlik tizimini muhokama qilishdi. Bu maktabgacha ta’lim va maktab muassasalariga, o‘rta ta’limni rivojlantirish loyihalariga taalluqli.
Yangiliklar lentasi
0