Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Azerbaydjan
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2024
Obuna bo‘lish
Putin Rossiya va Ozarbayjon munosabatlari mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, “Shimol-Janub” koridorining rivojlanishi Rossiya va Ozarbayjon munosabatlariga foyda keltirishini ma’ulm qildi, deya xabar berdi Kreml sayti.
Ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi muzokaralar tor doiradagi uchrashuv bilan boshlanib, kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjonga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar Moskva va Boku o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Ikki davlat rahbarlari quyidagilarni kelishib oldi:
Rossiya Federatsiyasi va Ozarbayjon neft mahsulotlarini tashish uchun daryo-dengiz tankerlarini qurishni boshlaydi, bu esa energiya resurslarini jahon bozorlariga etkazib berishni oshiradi.
Bokuda Rossiya-Ozarbayjon universiteti ochish rejalashtirilmoqda.
Rossiya Federatsiyasi Ozarbayjonning ShHTdagi maqomini va respublikaning BRIKSga qiziqishini oshirish tarafdori.
“Transmashxolding” kompaniyasi Boku metrosi uchun vagonlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi.
Rossiya va Ozarbayjon Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligini nishonlashga birgalikda tayyorgarlik ko‘radi.
Qayd etilishicha, Rossiya va Ozarbayjon hamkorlikda neft tankerlarini quradi.
"Rossiya Birlashgan kemasozlik kompaniyasi <...> Boku kemasozlik zavodi bilan birgalikda neft mahsulotlarini tashish uchun zamonaviy daryo-dengiz tankerlarini ishlab chiqarishni boshlaydi", — dedi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin va Aliyev davlatlararo aloqalarni mustahkamlashga kelishib oldi.
“Tomonlar davlat suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligini o‘zaro hurmat qilish, teng huquqlilik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillari asosida davlatlararo aloqalarni mustahkamlashni davom ettirishga kelishib oldilar”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Rossiya Boku va Yerevan o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni normallashtirishga va uch tomonlama kelishuv asosida tinchlik shartnomasini tuzishga hissa qo‘shadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev sayyohlik va tranzit oqimini kengaytirish muhimligini ham qayd etishdi.
Putin Aliyevni oktabr oyida Moskvada bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishiga taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0