Qoraqalpog‘istonda yangi loyihalar ishga tushiriladi — investorlar kim?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaInvestitsii v Karakalpakstan rastut
Investitsii v Karakalpakstan rastut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev qariyb 1 milliard 800 million dollarlik 10 ta loyiha bilan tanishdi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Xitoy, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Rossiya, Ispaniya kabi mamlakatlarning kompaniyalari Qoraqalpog‘istonga investitsiya kiritmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.
Bu yil respublikada umumiy qiymati 874 million dollarlik 470 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Bu izchil davom ettirilib, Qoraqalpog‘istonda xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 9,5 milliard dollarlik 124 ta loyiha shakllantirilgan.
Shundan qariyb 1 milliard 800 million dollarlik 10 tasi davlat rahbariga taqdimot qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaInvestitsii v Karakalpakstan rastut
Investitsii v Karakalpakstan rastut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2024
Investitsii v Karakalpakstan rastut
“Loyihalarga Xitoy, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Rossiya, Ispaniya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular energetika, issiqlik ta’minoti, tog‘-kon va kimyo sanoati, qurilish materiallari, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan”, — deyiladi xabarda.
Rejalashtirilgan loyihalar:
Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Nukusda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash;
Ispaniya investitsiyasi ishtirokida Qorao‘zak tumanida quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish;
Germaniyalik investorlar tomonidan Nukus tumanida misni qayta ishlash va kabellar ishlab chiqarish.
Mazkur 124 ta loyiha natijasida 20 mingdan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaInvestitsii v Karakalpakstan rastut
Investitsii v Karakalpakstan rastut - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2024
Investitsii v Karakalpakstan rastut
Qayd etilishicha, oxirgi 7-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 trillion 800 milliard so‘mlik 6 ming 784 ta loyiha amalga oshirilgan. Ularning natijasida 56 mingta ish o‘rni yaratilgan. Shu davrda 2 milliard 815 million dollarlik eksport qilingan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Karakalpakstan s oznakomleniya s promishlennim potensialom regiona
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Karakalpakstan s oznakomleniya s promishlennim potensialom regiona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2024
Shavkat Mirziyoyev nachal svoyu poyezdku v Karakalpakstan s oznakomleniya s promishlennim potensialom regiona
Shuningdek, prezident “Nukus Elestroapparat” qo‘shma korxonasini borib ko‘rdi. Shu yilning iyun oyida bu yerda 10 million dollardan ziyod mablag‘ evaziga quyosh panellarini yasash loyihasi ishga tushirildi. Ishlab chiqarish jarayoni 100 foiz avtomatlashtirilgan. Loyihaning yillik quvvati 273 ming dona.
Qo‘shma korxona ichki bozorda talab yuqori mahsulotni mahalliylashtirish bilan birga 4 million dollarlik eksport imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. 70 kishi ish bilan ta’minlandi.
"Davlat rahbari mutasaddilarga bunday korxonalarni ko‘paytirish, ularda bozor talabi yuqori mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi", — deya qayd etilgan xabarda.
Shu yerda tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyish etildi. Zavodning o‘zida ham 125 kilovatt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Undan olingan elektr ichki ehtiyojlar uchun ishlatiladi, ortiqchasi hududiy elektr tarmog‘iga sotiladi.
So‘nggi yillarda yurtimizda 2 milliard dollar investitsiya hisobiga quvvati 2,6 gigavatt 10 ta quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Shuningdek, umumiy qiymati 19 milliard dollar bo‘lgan 18,6 gigavattli 32 ta “yashil” loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda.
“Umuman, 2030-yilgacha energetika balansida qayta tiklanuvchi quvvatlar ulushini 40 foizga yetkazish maqsad qilingan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 20-avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0