https://oz.sputniknews.uz/20240819/qishloq-xojaligi-vazirlik-oziq-ovqat-xavfsizlik-nazorat-45273285.html
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish vakolati beriladi
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish vakolati beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanishi kutilmoqda. 19.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-19T18:00+0500
2024-08-19T18:00+0500
2024-08-20T14:38+0500
jamiyat
o‘zbekiston
oziq-ovqat
hayvonlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
deputatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45286724_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_50714a0362e2cdbb51d605a331036c34.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish vakolati berilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bo‘lib o‘tgan siyosiy partiya fraksiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.Deputatlar “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.Aytilishicha, qonun loyihasi 6 ta bob, 26 ta moddadan iborat. Unda sohada qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarga ta’rif berilib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tamoyillari belgilab qo‘yilmoqda.Shu bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat tomonidan tartibga solish qoidalari belgilanib, unda Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlariga aniqlik kiritilyapti.Shuningdek, “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi bilan mamlakatda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish, hayvonlarda yuqumli kasalliklarning oldi olish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash masalalari nazarda tutilmoqda.Shuningdek, hayvonlarning hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda.Hayvonlarni identifikatsiya qiluvchi, ro‘yxatga oluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarining, identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut ishlab chiqaruvchi va hayvon egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilab berilmoqda.Qayd etilishicha, iste’mol uchun chiqariladigan barcha mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, hayvon egalarining hayvonga egalik qilish, foydalanish, tasarruf qilish huquqlarini yanada kafolatlashga imkoniyat yaratiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/14/45286724_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1abbff47e9c9b9379a55269702692703.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, oziq-ovqat, hayvonlar, oliy majlis qonunchilik palatasi, deputatlar
jamiyat, o‘zbekiston, oziq-ovqat, hayvonlar, oliy majlis qonunchilik palatasi, deputatlar
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish vakolati beriladi
18:00 19.08.2024 (yangilandi: 14:38 20.08.2024) Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish vakolati berilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bo‘lib o‘tgan siyosiy partiya fraksiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Deputatlar “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdi.
Aytilishicha, qonun loyihasi 6 ta bob, 26 ta moddadan iborat. Unda sohada qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarga ta’rif berilib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tamoyillari belgilab qo‘yilmoqda.
Shu bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat tomonidan tartibga solish qoidalari belgilanib, unda Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlariga aniqlik kiritilyapti.
“Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida vakolatli davlat organi etib belgilanib, uning vazaifalari aniq belgilab berilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi bilan mamlakatda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish, hayvonlarda yuqumli kasalliklarning oldi olish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash masalalari nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, hayvonlarning hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bog‘liq va ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda.
Hayvonlarni identifikatsiya qiluvchi, ro‘yxatga oluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarining, identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut ishlab chiqaruvchi va hayvon egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilab berilmoqda.
Qayd etilishicha, iste’mol uchun chiqariladigan barcha mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish, hayvon egalarining hayvonga egalik qilish, foydalanish, tasarruf qilish huquqlarini yanada kafolatlashga imkoniyat yaratiladi.