https://oz.sputniknews.uz/20240819/malaysia-uzbekistan-logistika-markaz-45253721.html
Malayziya O‘zbekistonda logistika markazi ochishi mumkin
Malayziya O‘zbekistonda logistika markazi ochishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Malayziyaga O‘zbekistonda quruqlikdagi port qurish taklifi bildirildi.
2024-08-19T09:13+0500
2024-08-19T09:13+0500
2024-08-19T09:13+0500
iqtisod
o‘zbekiston
malayziya
quruq port
elchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/03/44215001_0:193:2953:1854_1920x0_80_0_0_030d119d5dcd048252079aa53ef2c308.jpg
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Malayziyaning yirik port kompaniyasi bilan zamonaviy logistika markazi barpo etilishi kutilmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Wesports Holding Berhad" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Ruben Emir Gnanalingam bilan uchrashdi. Ushbu loyiha kelajakda kompaniyani Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yuklar aylanmasini boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan tashkilotlardan biriga aylantirishi mumkinligi aytildi. Qayd etilishicha, kompaniya dengiz orqali birinchi yukni 1994-yilda qabul qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib mamlakatning eng yirik dengiz portlaridan biriga aylandi. Portda yuklarni boshqarish jarayoniga to‘liq raqamlashtirilgan texnologiyalar joriy qilingan va avtomatik tarzda boshqariladigan yuk mashinalaridan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda. Kompaniya yiliga 14 millionta konteynerni o‘tkazish imkoniyati ega. Keyingi 10-yilda bosqichma-bosqich qo‘shimcha yana 14 millionta (jami 28 millionta) konteynerni o‘tkazish quvvatiga ega yangi terminalni qurish ishlari loyihalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240818/uzbekistan-malaysia-mehnat-migratsiya-45247040.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/03/44215001_112:0:2841:2047_1920x0_80_0_0_1cb5cca279c8f688bba0d6a94910a551.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziya o‘zbekiston quruqlikdagi port
malayziya o‘zbekiston quruqlikdagi port
Malayziya O‘zbekistonda logistika markazi ochishi mumkin
Malayziyaga O‘zbekistonda quruq port qurish taklifi bildirildi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekistonda Malayziyaning yirik port kompaniyasi bilan zamonaviy logistika markazi barpo etilishi kutilmoqda, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Wesports Holding Berhad" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Ruben Emir Gnanalingam bilan uchrashdi.
“Uchrashuvda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun katta imkoniyat mavjudligi hamda kompaniyaning ulkan salohiyatini inobatga olgan holda, Malayziya tomoniga O‘zbekiston hududlaridan birida zamonaviy logistika markazini (quruqlikdagi port) qurish loyihasini o‘rganish taklifi bildirildi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu loyiha kelajakda kompaniyani Markaziy Osiyo, shu jumladan O‘zbekiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi yuklar aylanmasini boshqarishda muhim rol o‘ynaydigan tashkilotlardan biriga aylantirishi mumkinligi aytildi.
Qayd etilishicha, kompaniya dengiz orqali birinchi yukni 1994-yilda qabul qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib mamlakatning eng yirik dengiz portlaridan biriga aylandi. Portda yuklarni boshqarish jarayoniga to‘liq raqamlashtirilgan texnologiyalar joriy qilingan va avtomatik tarzda boshqariladigan yuk mashinalaridan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.
Kompaniya yiliga 14 millionta konteynerni o‘tkazish imkoniyati ega. Keyingi 10-yilda bosqichma-bosqich qo‘shimcha yana 14 millionta (jami 28 millionta) konteynerni o‘tkazish quvvatiga ega yangi terminalni qurish ishlari loyihalashtirilgan.