https://oz.sputniknews.uz/20240818/fargona-xitoy-metal-qayta-ishlash-zavod-45249288.html
Farg‘ona viloyati Xitoy bilan hamkorlikda metalni qayta ishlash zavodini ishga tushirmoqda
Farg‘ona viloyati Xitoy bilan hamkorlikda metalni qayta ishlash zavodini ishga tushirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Uch bosqichli loyiha qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi. 18.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-18T16:45+0500
2024-08-18T16:45+0500
2024-08-18T16:45+0500
iqtisod
o‘zbekiston
xitoy
farg‘ona viloyati
metallurgiya
zavod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/12/45248797_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0f41e8cc7e967ac9ed3d03beabf79118.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Taraqqiyot” sanoat zonasida metalni qayta ishlash zavodi loyihasi ishga tushirilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning so‘zlariga ko‘ra, metallurgiya sohasidagi mazkur yirik loyiha xitoylik ishbilarmonlar bilan mustahkam, ishonchli hamkorlikning samarasi. Zavodning dastlabki bosqichi 2025-yilning birinchi choragida ishga tushishi ko‘zda tutilgan. Qayd etilishicha, qayta ishlangan temir mahsulotlari ichki ehtiyojlarni qoplash bilan birga, tashqi bozorga eksport ham qilinadi. Ma’lum qilinishicha, “Fargona metallurgiya zavodi” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshladi.
o‘zbekiston
xitoy
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/12/45248797_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_073672d21fb2cdeb83c718953843eed0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, xitoy, farg‘ona viloyati, metallurgiya, zavod
iqtisod, o‘zbekiston, xitoy, farg‘ona viloyati, metallurgiya, zavod
Farg‘ona viloyati Xitoy bilan hamkorlikda metalni qayta ishlash zavodini ishga tushirmoqda
Uch bosqichli loyiha qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi “Taraqqiyot” sanoat zonasida metalni qayta ishlash zavodi loyihasi ishga tushirilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning so‘zlariga ko‘ra, metallurgiya sohasidagi mazkur yirik loyiha xitoylik ishbilarmonlar bilan mustahkam, ishonchli hamkorlikning samarasi.
“Xitoyning "Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd" kompaniyasi bilan tashkil etilayotgan loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, uning qiymati 120 million dollardan ortiqni tashkil etadi, 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Zavodning dastlabki bosqichi 2025-yilning birinchi choragida ishga tushishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, qayta ishlangan temir mahsulotlari ichki ehtiyojlarni qoplash bilan birga, tashqi bozorga eksport ham qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, “Fargona metallurgiya zavodi” O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘z faoliyatini boshladi.