Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII agrosanoat kompleksidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

© YeEKGoar Barsegan i Oksana Lut obsudili perspektivi sotrudnichestva v APK YeAES
Goar Barsegan i Oksana Lut obsudili perspektivi sotrudnichestva v APK YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2024
Obuna bo‘lish
Goar Barsegan va Oksana Lut Yevroosiyo “beshligi” mamlakatlari tadbirlari doirasida Ittifoqning umumiy qishloq xo‘jaligi bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan va Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) agrosanoat kompleksida integratsiyani rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlar kelishilgan agrosanoat siyosatini amalga oshirish, Rossiya agrosanoat kompleksini Ittifoq doirasida rivojlantirish, Rossiya va butun Ittifoq agrosanoat kompleksini raqamli rivojlantirish, YeOIIga a’zo davlatlar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.
Goar Barsegan Ittifoqning agrosanoat kompleksini rivojlantirish yakunlari hamda agrosanoat kompleksida integratsiyani chuqurlashtirish nuqtayi nazaridan YeOII to‘g‘risidagi shartnoma va Strategiya-2025 da belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ish rejalari haqida ma’lumot berdi.
Ittifoq doirasida agrosanoat kompleksi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida tomonlar agrosanoat kompleksida integratsiya loyihalari va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish masalasi ustida ishlashga kelishib oldilar.
Goar Barsegan va Oksana Lut Yevroosiyo “beshligi” mamlakatlari tadbirlari doirasida Ittifoqning umumiy qishloq xo‘jaligi bozorini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. YeOII agrosanoat siyosati bo‘yicha kengashining navbatdagi yig‘ilishini joriy yilning kuzida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2024
O‘zbekiston va YeOII
Yerevanda Yevroosiyo iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi — unda nimalar muhokama qilinadi?
Yangiliklar lentasi
0