O‘zbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fan rivojlantiriladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishInformatsionnie texnologii
Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2024
Obuna bo‘lish
Bu bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fan yanada rivojlantiriladi. “O‘zbekiston Respublikasida kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
2024–2025 yillarda O‘zbekistonda kriptologiya sohasida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
O‘zbekistonda milliy kriptologiya sohasini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi.
Respublikaning oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning tajribali mutaxassislaridan iborat Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi.
Davlat va jamiyat hayotidagi real ehtiyojlarni inobatga olgan holda, respublikada kriptologiya sohasida dolzarb muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot mavzularini shakllantirish Ekspert guruhining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0