Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kursk viloyatiga hujum Ukraina uchun vaziyatni yomonlashtiradi — OAV

© Foto : © Foto press-sentra shtaba Operatsii Obyedinennix silUkrainskie voyennie s raketnim kompleksom Javelin
Ukrainskie voyennie s raketnim kompleksom Javelin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2024
Obuna bo‘lish
Nashrga ko‘ra, Kursk viloyatiga qilingan hujum Ukraina Qurolli kuchlari uchun “allaqachon yomon ahvolni yana ham yomonlashtirish xavfini tug‘diradi".
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Ukraina harbiylari orasida kadrlar yetishmasligi sharoitida Kursk viloyatiga qilingan hujum Ukraina Qurolli kuchlari uchun frontning boshqa hududlaridagi noxush vaziyatni yomonlashtirishi mumkin va u “o‘zini oqlamaydi”, deb yozadi “Wall Street Journal”.
Nashrga ko‘ra, Kursk viloyatiga qilingan hujum Ukraina Qurolli kuchlari uchun “allaqachon yomon ahvolni yana ham yomonlashtirish xavfini tug‘diradi".
“Bizda o‘z vazifamizni to‘g‘ri bajarish uchun yetarli odam yo‘q”, - deydi o‘tgan hafta Krasnogorovka hududida bo‘lgan Ukraina Qurolli kuchlarining 21-bataloni qo‘mondoni.
U batalon yo‘qotishlarining atigi 20 foizini safarbar qilinganlar qoplaganidan shikoyat qildi. Bundan tashqari, uning aytishicha, askarlar charchagan.
Nashrga ko‘ra, Kiyev o‘z kuchlarini sharqiy frontdan Kursk viloyatiga o‘tkazib, bo‘linmalarni “bundan ham cho‘zilgan” holga keltirmoqda.
Boshqa yo‘nalishlardagi ukrainalik qo‘mondonlar artilleriya o‘q-dorilari va odamlar yetishmasligidan shikoyat qilishayotgani aytilmoqda.
“Agar bir pozitsiyada besh yoki olti kishi bo‘lishi kerak bo‘lsa, bizda ikki yoki uchta bo‘ladi”, - deydi oxirgi ikki oydan beri Chasov Yar hududida joylashgan Ukraina kuchlarining 45 yoshli mayori.
Nashrda ta’kidlanishicha, boshqa yo‘nalishlarda harbiy xizmatchilar yetishmasligini hisobga olib, Ukraina harbiylari Kursk viloyatiga qilingan hujum “o‘zini oqlashiga” shubha bildirmoqda.
6 avgust kuni ertalab soat 5:30 da Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari Kursk viloyatidagi hududlarni egallab olish maqsadida hujumga o‘tdi, ularning yurishi to‘xtatildi, deb xabar berdi Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov. Uning ta’kidlashicha, Kursk viloyatidagi operatsiya dushmanning mag‘lubiyati va davlat chegarasiga kirishi bilan yakunlanadi. Rossiya Mudofaa vazirligining 15-avgust kuni xabar berishicha, Kursk yo‘nalishidagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 2640 nafargacha harbiy xizmatchi va 37 ta tank yo‘qotgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko‘ra, Kiyev rejimi provokatsiyaga qo‘l urdi, tinch aholi manzillarini ham o‘qqa tutdi. Putinning aytishicha, dushman munosib javob oladi, Rossiya oldida turgan barcha maqsadlarga erishiladi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
"Hech kim yordam bermaydi": Rada deputati Zelenskiyning umidsiz rejasi haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0