Putin va Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi

© POOL / Mediabankka o‘tishGosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy
Gosudarstvenniy vizit prezidenta Vladimira Putina v Uzbekistan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2024
Obuna bo‘lish
Prezidentlar muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va Rossiyaning BRIKSdagi joriy raisligini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi Kreml.
“O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi”, — deyiladi xabarda.
Prezidentlar muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va xalqaro kun tartibi, jumladan, Rossiya Federatsiyasining BRIKSdagi joriy raisligini hisobga olgan holda muhokama qilishdi.
Tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini bundan buyon ham izchil mustahkamlash niyatida ekanliklarini tasdiqlashdi.
Yangiliklar lentasi
0