JSST maymunchechak virusi tufayli global favqulodda holat e’lon qildi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishVrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi
Vrach brigadi skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2024
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar: hozir kuzatilayotgan yangi shtamm virusning avvalgi variantlariga nisbatan bir muncha xavfli.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Afrikada maymunchechak virusi sababli global favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi JSSTga tayanib xabar berdi.
Mpox (maymun chechagi) virusi so‘nggi oylarda yana global xavf omiliga aylandi. Afrika, Yevropa, Janubiy va Shimoliy Amerika mintaqalarida kasallanish ko‘rsatkichlari sezilarli darajda oshdi.
Ayniqsa, Kongo Demokratik Respublikasida epidemiologik vaziyat keskinlashdi. Bu yerda yil boshidan buyon 13,7 mingdan ortiq kishi virusning yangi shtammini yuqtirib, ulardan 450 nafari vafot etdi. Keyin xavfli infeksiya Markaziy Afrika Respublikasi, Burundi, Keniya, Ruanda va boshqa mamlakatlar bo‘ylab tarqala boshladi.
AQShda maymun chechagi bilan kasallangan birinchi bemor vafot etdi
Ko‘p o‘tmay JSST rahbari Tedros Gebreyesus joriy yil birinchi yarmida kasallanishlar soni o‘tgan yilga nisbatan oshib ketganini ma’lum qilib, tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishini chaqirishga qaror qildi.
“Xalqaro ekspertlardan tarkib topgan ushbu tuzilma majlisi kuni kecha bo‘lib o‘tdi. Uning yakunida mpox epidemiyasi Afrika mintaqasida global favqulodda holat, deb e’lon qilindi”, — deyiladi xabarda.
Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, hozir kuzatilayotgan yangi shtamm virusning avvalgi variantlariga nisbatan bir muncha xavfli. Xususan, uni yuqtirgan bemorlarda o‘lim darajasi 10 foizgacha yetmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti epidemiyani favqulodda holat deb e’lon qilish orqali nafaqat Afrika, balki boshqa mintaqalarda ham kasallikni jilovlash va asoratlarini kamaytirish, jumladan, emlash chora-tadbirlarini kuchaytirishni maqsad qilgan.
Vrach skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2022
Kimlar birinchi navbatda maymun chechagiga qarshi emlanishi kerak - immunolog
Yangiliklar lentasi
0