https://oz.sputniknews.uz/20240815/afghanistan-tashkent-viloyat-qop-45214007.html
Afg‘onistonlik ishbilarmonlar Toshkent viloyatida qop mahsulotlari ishlab chiqaradi
Afg‘onistonlik ishbilarmonlar Toshkent viloyatida qop mahsulotlari ishlab chiqaradi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi korxona O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan hamkorlikda tashkil etildi. 15.08.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-08-15T18:00+0500
2024-08-15T18:00+0500
2024-08-15T18:00+0500
iqtisod
o‘zbekiston
afg‘oniston
tadbirkor
korxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/10/45221429_162:0:1101:528_1920x0_80_0_0_b10c4d0f63c3b7dd6ddb17ad6c3c7349.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyiha ishga tushirdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati. Chinoz tumanida Afg‘oniston ishbilarmonlari bilan “Right Pack” MChJ korxonasi tashkil etildi. Korxona yillik 2 500 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona mahsulotlarini eksport qilishni ham rejalashtirgan. Ma’lumot uchun, Afg‘oniston O‘zbekiston uchun beshinchi yirik eksport bozori hisoblanadi. Oxirgi besh yilda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir yarim barobar oshib, 2023-yilda 866 million dollarga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda afg‘on sarmoyasi ishtirokidagi 550 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik kabi sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240703/uzbekistan-afghanistan-forum-chegara-24-soat-rejim-44651029.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/10/45221429_280:0:984:528_1920x0_80_0_0_249ababc4d9329c6fc3ced130a5c16e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, afg‘oniston, tadbirkor, korxona
iqtisod, o‘zbekiston, afg‘oniston, tadbirkor, korxona
Afg‘onistonlik ishbilarmonlar Toshkent viloyatida qop mahsulotlari ishlab chiqaradi
Yangi korxona O‘zbekiston va Afg‘oniston bilan hamkorlikda tashkil etildi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Toshkent viloyati Afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda yangi loyiha ishga tushirdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi
matbuot xizmati. Chinoz tumanida Afg‘oniston ishbilarmonlari bilan “Right Pack” MChJ korxonasi tashkil etildi.
“Qop mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 76,5 milliard so‘m bolib, 120 nafar mahalliy aholining bandligi taminlandi”, — deyiladi xabarda.
Korxona yillik 2 500 tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona mahsulotlarini eksport qilishni ham rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston O‘zbekiston uchun beshinchi yirik eksport bozori hisoblanadi. Oxirgi besh yilda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb bir yarim barobar oshib, 2023-yilda 866 million dollarga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda afg‘on sarmoyasi ishtirokidagi 550 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm, to‘qimachilik kabi sohalarda qo‘shma loyihalar
amalga oshirilmoqda.